Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasida Ispaniya va Polsha terma jamoalari 19-iyun, shanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter / “Daryo”

Sevilya shahri mezbonlik qilgan o‘yinda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etildi. Birinchi bo‘limda Alvaro Morata hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘lim avvalida Robert Levandovski o‘ng qanotdan oshirilgan to‘pi boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi va muvozanatni tikladi. Hisob boshqacha ko‘rinish olishi ham mumkin edi, biroq 58-daqiqada ispanlar 11 metrlik jarima zarbasini golga aylantira olmadi.

Guruhining dastlabki o‘yinida Shvetsiya terma jamoasi Slovakiyadan ustun kelgandi. 2-turdan keyin E guruhidagi holat va guruh taqvimi:

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Yevro—2020

Guruh bosqichi, 2-tur

19-iyun, shanba

Ispaniya — Polsha 1:1

Gollar: 1:0 – 25 Morata, 1:1 – 54 Levandovski.

Ispaniya: Unai Simon, Pau Torres, Alba, Lyaport, Rodri, Lyorente, Olmo (Ferran Torres, 61), Koke (Sarabiya, 68), Pedri, Morata (Oyarsabal, 87), Xerard Moreno (Fabian Ruis, 68).

Polsha: Shchensni, Bednarek (Davidovich, 85), Glik, Bereshinski, Puxach, Klix (Kozlovski, 55), Yuzvyak, Zelinski, Moder (Linetti, 85), Shviderski (Frankovski, 68), Levandovski.

Ogohlantirishlar: Klix (36), Moder (57), Yuzvyak (59), Pau Torres (81), Levandovski (90), Rodri (90).