Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Qora niyat” seriali yulduzi, turk aktrisasi Eda Eje 20-iyun kuni 31 yoshni qarshi oldi.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Dildora Niyozova “Chaqaloqlar” qo‘shig‘iga ishlangan klipni taqdim etdi. Unda bosh rollarni Sevara Soliyeva va uning turmush o‘rtog‘i ijro etgan.

Ziyoda bolaligidagi suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Shukurullo Isroilovning qizi Mushtariybegim o‘g‘li Muhammad Ali bilan tug‘ruqxonadan chiqdi. Bir yil avval “Qizalog‘im” qo‘shig‘i bilan Mushtariybegimni yangi hayotga kuzatgan Timur Rahmonov “Toychog‘im” qo‘shig‘i bilan chaqaloqni kutib oldi.

Lola oilasi bilan Dubayda hordiq chiqarmoqda.

Foto: Instagram

Avvalroq amerikalik qizga uylanayotganini aytgan aktyor Otabek Mahkamov aslida allaqachon uylanib olganini ma’lum qildi.

Nilufar Usmonova tadbirda Tohir Sodiqov va Rayhon bilan uchrashib qoldi.

Foto: Instagram

Stories’da muxlislariga ko‘rinish bergan Munisa Rizayeva allergiyadan aziyat chekayotganini bildirdi. Videoda uning yuzi qizarib ketganini ko‘rish mumkin.

Shahlo Ahmedova folloverlarining yozni qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqdi.

Foto: Instagram

Ilk marta ona bo‘lgan Kamila Gimandinova qizi Aylin bilan tug‘ruqxonadan chiqdi.

Kamila “Dunyodagi eng go‘zal qiz” maqomini qiziga berishini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Bodrumda birgalikda dam olayotgan Feruza Normatova va bloger Xonzoda hazil videoni suratga oldi. Videoda Xonzoda Feruzani yostiq bilan urib yiqitadi.

Taniqli teleboshlovchi Nilufar Sotiboldiyeva ustozlaridan eshitgan tanbehlari haqida so‘zlab berdi.