10:55, 26.06.2021 // 27565

Raj Kapur, Dev Anand va boshqa Bollivud yulduzlari ijrosidagi so‘nggi rollar

Hind kinosanoatida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan aktyorlar karyerasidagi qaysi filmlar so‘nggisi bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Rajesh Kxanna

Foto: “Yandeks Dzen”

Rajesh Kxanna tanqidchilardan “super yulduz” maqomini qabul qilib olgan. Xonanda aktrisa Mumtoz bilan suratga tushgan barcha filmlari xit darajasiga ko‘tarilgan. Minglab muxlislarga ega bo‘lgan aktyorga tomoshabinlardan maktub kelishi to‘xtamagan. 45 yillik karyerasi davomida aktyor 180 ta filmda suratga tushgan. Ijrosidagi so‘nggi “Knyazlik” loyihasi vafotidan ikki yil o‘tib, 2014-yil 18-iyunda ekran yuzini ko‘rgan.

Raj Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

Karyerasining ilk kunlari kompozitor bo‘lish va musiqa yozishni istagan aktyor 24 yoshida “RK Films” studiyasiga asos solib, ilk “Aag” filmini suratga olgan. “Daydi” filmi sabab Kann festivalida ikki karra “Oltin palma novdasi” mukofotiga nomzodi qo‘yilgan. Qolaversa, “Daydi” filmi Time jurnalining versiyasiga ko‘ra hamma vaqtning eng yaxshi filmlari ro‘yxatidan o‘rin olgan. Rejissor sifatidagi so‘nggi filmi “Henna” bo‘lgan, ammo Kapur uni oxiriga yetkazishga ulgurmagan. U 1988-yil 2-iyunda vafot etgan, filmni o‘g‘li Randxir Kapur yakuniga yetkazgan.

Dev Anand

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktyor, rejissor va prodyuser Dev Anand avvaliga Qirollik flotida xizmat qilishni istagan. Keyinchalik Ashok Kumarning “Taqdir” filmidagi ijrosidan ilhomlanib aktyor bo‘lishga qaror qilgan. Hind kinosanoatining eng muvaffaqiyatli aktyorlaridan bo‘lgan Devning so‘nggi loyihasi “Hisobot” bo‘lgan. Unda Anand aktyor, rejissor va ssenariy muallifi sifatida ishtirok etgan. Film vafotidan 3 oy avval 2011-yil 30-sentabrda ekran yuzini ko‘rgan. Film kutilganidek omadli chiqmagan.

Dilip Kumar

Foto: “Yandeks Dzen”

“Fojialar qiroli” karyerasi davomida 65 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. “Devdas”, “Yangi asr”, “Ganga va Jamna” filmlari shular jumlasidan. 99 yashar aktyor 20 yildan ortiq vaqtda suratga tushgan. 1999-yilda tasvirga olingan “Fort” filmi ishtirokidagi so‘nggi loyihasi bo‘lgan.

Rishi Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

Hayotining 50 yilini kinoga bag‘ishlagan Rishi “Mening ismim masxaraboz” filmidagi debyut roli uchun Milliy mukofot bilan taqdirlangan. 70 va 80-yillarning romantik rollar ijrosi 11 dan ortiq filmda bosh qahramonni gavdalantirgan. So‘nggi filmi “Tana”(2019) bo‘lgan aktyor 2020-yil 30-aprelda vafot etgan.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv