Yangi Zelandiyadagi Otago universiteti tadqiqotchilari inson jag‘ini bloklab, uning ozishiga xizmat qiladigan qurilmani yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Otago.ac.nz

Apparat DentalSlim Diet Control nomini olgan. U orqa tishlarning yuqori va pastki qismiga o‘zaro ikkita magnit yordamida bog‘langan maxsus boltlar yordamida qotiriladi. Shu sababli inson qattiq yegulikni chaynay olmaydi.

“Apparat o‘z egasining og‘zini 2 millimetrgacha ochish imkonini berib, uni suyuq mahsulotlar ratsioni bilan cheklaydi. Shu bilan birga, apparat nafas olish va gapirishga xalaqit bermaydi. Yangi ixtironi sinovdan o‘tkazishda ishtirok etganlar ikki hafta ichida o‘rtacha 6,36 kilogramm yo‘qotdi va vaznini kamaytirish yo‘lida haqiqiy rag‘batga ega bo‘ldi”, — deydi olimlar.

Qurilmani faqat stomatolog o‘rnata oladi. Shu bilan birga, u “hech qanday yoqimsiz oqibatlarni yuzaga keltirmaydi”.

Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari mazkur ixtironi “qiynoqlar quroli” deb atamoqda. Ixtirochilar esa tanqidlarga noaniq javob qaytargan.

“Qurilma ortiqcha vazndan tez va uzoq vaqt davomida qutulishga mo‘ljallanmagan; u operatsiya muhtoj va operatsiyasi oza olmaydigan insonlarga yordam berish uchun mo‘ljallangan. Ikki—uch haftadan keyin ular magnitlarni o‘chirib qo‘yib, qurilmani olib tashlashi mumkin. Ular qattiq diyeta davrida bo‘lishi va shundan so‘ng yana davolanishga qaytishi mumkin. Bu diyetologlarning maslahatlari bilan tasdiqlangan vaznni kamaytirishga bosqichma-bosqich yondashish imkonini beradi”, — deya ta’kidlaydi olimlar.