Slovakiyada olimlar inson nafasi orqali koronavirusni tezkorlik bilan aniqlashga qodir FastBreathSpec nomli qurilmani yaratdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Foto: Pixabay

Ta’kidlanishicha, qurilmani yaratishda Masatech kompaniyasi hamda Bratislavadagi Komenskiy va Slovakiya universitetlarning alohida fakultetlari ishtirok etgan. Loyiha hukumat tomonidan moliyalashtirilgan.

Ekspertlar inson chiqarayotgan nafasdan 60 soniyadan kamroq vaqt ichida koronavirusni aniqlovchi qurilmani yaratishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng, tahlil namunalari dasturiy ta’minot algoritmlari yordamida klassifikatsiyalanadi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, FastBreathSpec ishi ionlar harakatining spektrometriyasiga asoslangan.

Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda koronavirus PZR va ekspress-testlar yordamida aniqlanmoqda. Biroq ekspress-testlar antitanalar bilan ishlagani uchun virusning bilvosita belgilarini aniqlay oladi xolos.

Avvalroq amerikalik olimlar koronavirusni tezda aniqlovchi qurilma yaratgani, Eronda esa koronavirusni yarim daqiqada aniqlovchi nanotest yaratilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.