Gollivudning eng yorqin va iste’dodli aktyorlaridan biri Tom Kruz 3-iyul kuni 59 yoshga to‘ldi. U kassabop filmlari, mashhur aktrisalar bilan bo‘lgan munosabatlari va aqlbovar qilmaydigan gonorarlari bilan mashhur. Mashhur aktyorning tug‘ilgan kuni munosabati bilan u haqdagi qiziqarli faktlarni taqdim etamiz.

Foto: PeopleTalk

Tom Kruz katta oilada o‘sgan. Aktyorning uchta singlisi bor.

Foto: PeopleTalk

Tomning onasi muvaffaqiyatsiz aktrisa, otasi esa omadsiz muhandis edi. Aktyorning ota-onasi doimiy ishga ega bo‘lmagan, shu sababli oila ko‘chib yurishga majbur bo‘lgan. Natijada 14 yoshli Tom maktabni 15 marta o‘zgartirgan.

Foto: PeopleTalk

Bolaligida uning ko‘plab komplekslari bo‘lgan, bo‘yining pastligi eng ko‘p siqilishiga sababchi edi. Bo‘yiga kamida ikki santimetr qo‘shilishi uchun Tom muntazam sport bilan shug‘ullangan va turnikda tortilgan. Hozirda aktyorning bo‘yi 170 sm.

Foto: PeopleTalk

Bo‘lajak aktyorning yana bir kamchiligi qiyshiq tishlari edi, shu sababli u kamdan kam jilmayardi.

Foto: PeopleTalk

Shuningdek, Kruz disleksiya tufayli o‘qishida muammolarga duch kelgan. Matn o‘qish aktyorga qiyinchilik tug‘dirgan.

Foto: PeopleTalk

1980-yilda u Nyu-Yorkka ko‘chib o‘tadi va bir muncha vaqt o‘tgach, “Cheksiz muhabbat” filmida rol o‘ynaydi.

Foto: PeopleTalk

Aktyorga haqiqiy mashhurlikni “Xavfli biznes” blokbasteri olib kelgan.

Foto: PeopleTalk

1987-yil 9-mayda Tom o‘zidan olti yosh katta bo‘lgan aktrisa Mimi Rojers bilan turmush quradi. Tom va Mimi uzoq vaqt davomida farzandli bo‘lolmagach, 1990-yilda ajrashadi.

Foto: PeopleTalk

1990-yilda “Momaqaldiroq kunlari” filmining suratga olish jarayonida Kruz avstraliyalik aktrisa Nikol Kidman bilan tanishadi. Yosh va chiroyli aktyorlar Gollivud tarixidagi eng yorqin juftlik sifatida e’tirof etilardi. Farzandsizlik ham ularning munosabatlariga ta’sir qilmasdi.

Foto: PeopleTalk

Keyinchalik er-xotin bir qiz va bir o‘g‘il — Izabella va Konnorni asrab oldi.

Foto: PeopleTalk

2011-yilda Kruz va Kidman ajrashish haqidagi xabar bilan jamoatchilikni hayratda qoldirdi. Mish-mishlarga ko‘ra, ajralishning sababi Tomning Nikolning muvaffaqiyatiga yashirincha hasad qilishi va shu sababli bo‘ladigan doimiy janjallar bo‘lgan.

Foto: PeopleTalk

Ammo Tom ajrimdan so‘ng tez orada go‘zal ispan aktrisasi Penelopa Kruz bilan sevgi sarguzashtini boshlab yubordi. Ular mashhur romantik drama “Vanilrang osmon” filmini suratga olish jarayonida tanishadi. Aynan Tom Penelopaning sevgilisi rolini o‘ynashini talab qilgan. Ammo 2004-yilda aktyorlar bir-biriga mos kelmasligi sababli ajraldi.

Foto: PeopleTalk

2005-yilda Tomning hayotiga aktrisa Keti Xolms kirib keldi. Birinchi uchrashuvdayoq u Keti bilan turmush qurmoqchiligini, lekin u go‘shtdan voz kechib, uning sayentologik qarashlarini qabul qilishi kerakligini aytadi. Aktrisa bu shartga rozi bo‘ladi va tez orada ajoyib to‘y bo‘lib o‘tadi.

Foto: PeopleTalk

2006-yil 18-aprelda Keti va Tomning birinchi va yagona qizi — Suri dunyoga keldi.

Foto: PeopleTalk

2012-yilda ularning benuqson nikohiga darz ketdi — er-xotin ajrashish uchun sudga ariza berdi. Bu orada Kruzning toqat qilib bo‘lmaydigan tabiati va sayentologiyaga sodiqligi ajrashishga sabab bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Foto: PeopleTalk

Kruz ushbu oqimning ochiq izdoshi bo‘lib, uni ko‘pchilik sekta deb biladi. Aktyorni sayentologiyaga birinchi rafiqasi Mimi Rojers olib kirgan.

Foto: PeopleTalk

Tom Kruz — ambidekstr. U chap va o‘ng qo‘lni bir vaqtda harakatlantirishga va harakatlarini teng tezlik bilan bajarishga qodir.

Foto: PeopleTalk

“Matritsa” fantastik filmidagi asosiy rolni Kianu Rivz emas, Tom Kruz o‘ynashi kerak bo‘lgan. Biroq aktyor bu rolni rad etgan.

Foto: PeopleTalk

2000-yilda aktyor “Uddalab bo‘lmas topshiriq” filmidagi roli uchun 75 million dollar gonorar olgan.

Foto: PeopleTalk

Tom Kruz ko‘plab Gollivud yulduzlari kabi Rossiyaning “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida ham rasmiy sahifasiga ega.