13:40, 06.07.2021 // 31470

Bollivud yulduzlari suratga olish jarayonida qanday ovqatlanishni ma’qul ko‘radi? (foto)

Hind kinosanoati vakillarining kunlik taomnomasidan qanday mahsulot va taomlar o‘rin olgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Sonakshi Singx

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa har uch soatda kam porsiyadan ovqatlanadi. Uning nonushta taomnomasida uyda pishirilgan kulcha, sabzi va salatlar borligiga guvoh bo‘lish mumkin. Shuningdek, u tovuq, tuxumning oqi va baliqni yaxshi ko‘radi.

Salmon Xon

Foto: Getty Images

Salmon Xon tongni tovuq go‘shti, tuxum oqi va baliq bilan qarshi olishni ma’qul biladi. U shakar va termik ishlov berilgan taomlardan tiyilib, salatlar iste’mol qiladi.

Jon Abraham

Foto: Getty Images

Jon Abraham oddiy va sog‘lom tamaddi qilishni yaxshi ko‘radi. Tushlikka non, yasmiqdan pishirilgan sho‘rva va ismaloq, nonushtaga esa katta stakanda sharbat, oltita tuxumning oqi, bir bo‘lak sariyog‘li tost va 10 ta bodom iste’mol qiladi.

Ranbir Kapur

Foto: “Yandeks Dzen”

Ranbir esa uyda pishirilgan taomlarni xush ko‘radi. Nonushtaga tuxumning oqini yeyishga va bir stakan sabzavot sharbati ichishga harakat qiladi. Tushlikka esa hindcha taom yeyishni (Dal, roti, sabzi va tvorog) yaxshi ko‘radi.

Ritik Roshan

Foto: Getty Images

Bollivud yulduzi yog‘li va qovurilgan taomlarni nazorat bilan iste’mol qiladi. Barra meva va sabzavotlarni yeyishni yaxshi ko‘radigan Ritik kun davomida 6-7 marta tamaddi qiladi. Shirin kartoshka, jigarrang guruch va tovuq sevimli ovqati bo‘lgan Roshan suv ichishni kanda qilmaydi.

Ranvir Singx

Foto: Getty Images

Ranvir Singx tushlikka kulcha non, go‘sht va salat yeydi.

Siddxart Malxotra

Foto: Getty Images

Siddxart tovuq, baliq, go‘sht va oqsilga boy mahsulotlar iste’mol qilishni afzal biladi. Qolaversa, u ko‘p suv va oqsilga boy kokteyl ichadi.

Sunil Shetti

Foto: Getty Images

Sunil nonushtani tuxum va qora non bilan qiladi. Suratga olish maydonchasiga esa o‘zi bilan kulcha, jigarrang guruch va sabzavotlar olib boradi.

Dipika Padukone

Foto: “Yandeks Dzen”

Dipika tongda tuxum, oddiy dosa (milliy taom), yalpiz qo‘shib tayyorlanadigan chatni va paratxi yeydi.

Priyanka Chopra

Foto: “Yandeks Dzen”

Priyanka ovqat tanlab o‘tirmaydiganlardan. U peperroni pitssasidan tortib paratxigacha bo‘lgan hamma taomlarni yeyishi mumkin. Uning kundalik ratsioni kulcha, sabzavot, sho‘rva, salat, guruch va boshqa ko‘plab mevalardan tashkil topadi.

Katrina Kaif

Foto: “Yandeks Dzen”

Katrina esa dukkaklar bilan jigarrang guruchni va sabzavotli salat yeydi. Tushlikda esa barra mevalardan tayyorlangan sharbat ichadi.

Shilpa Shetti

Foto: “Yandeks Dzen”

Aktrisa nonushtaga choy, oqsilga boy kokteyl, ikkita xurmo va sakkiz dona mayiz yeyishni afzal biladi. Tushlikda esa 5 xil dondan tayyorlangan kulchani sariyog‘, sabzavot va tovuq bilan birga iste’mol qiladi.

Bipasha Basu

Foto: “Yandeks Dzen”

Bipasha tongda tuxum, qo‘ziqorinli tost yoki bo‘tqa yeydi. Tushligi esa yashil sabzavotlar, qovurilgan jo‘ja yoki baliq, yashil salat va soyali nondan tashkil topadi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv