Mana, necha yildirki quyidagi mashhur insonlar erkak va ayol o‘rtasida do‘stlik bo‘lmaydi, degan qarashlarni yo‘qqa chiqargan.

Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet

Foto: Legion Media

Keyt va Leo o‘rtasidagi do‘stlik yigirma yildan beri davom etib kelmoqda, bu do‘stlik “Titanik” filmini suratga olish paytida boshlangan. Ekrandagi juftlik bir-biriga shunchalik mos ediki, muxlislar darhol aktyorlarni sevishganlarga chiqarishgan, ammo ularning bu taxminlari o‘zini oqlamadi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, yildan yilga ularning do‘stligi yanada mustahkamlanib bormoqda va ular “hech qachon sevishishmagan”. Ammo ular og‘ir kunlarida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab, muvaffaqiyatlaridan quvonishgan. Buni 2016-yilda “Oskar” marosimida Di Kaprio nihoyat orzu qilgan haykalchaga erishganidagi Uinsletning reaksiyasidan ham payqash mumkin.

Ani Lorak va Sergey Lazeryev

Foto: Instagram / @anilorak

Muxlislar ko‘pincha Ani Lorak va Sergey Lazaryevning bir-birlariga qanday qarashlariga e’tibor berishadi. Shunga qaramay, yulduzlar o‘rtasida hech qanday romantik munosabat yo‘q, faqat mustahkam do‘stlik mavjud. “Seni qanchalik sog‘indim, azizam Kerolayn. Yillar o‘tsa-da, do‘stligimiz mustahkam va barqaror! Xudoga shukur! ” — deb yozgan Lazaryev 2020-yil iyun oyida karantin sababli sevgilisidan bir necha oyga ayrilganida. Lorak esa sevimli she’ridan parcha keltirib “Do‘stlarim yonimda bo‘lsa, sharros yomg‘ir nima bo‘libdi”, deb javob yozgan. Shu javobi bilan u internet foydalanuvchilariga ular taxmin qilingan munosabatlarini muhokama qilish uchun imkoniyat qoldirmagan.

Emiliya Klark va Jeyson Momoa

Foto: Legion Media

Emiliya Klark va Jeyson Momoa “Taxtlar o‘yini” serialida tanishgan, filmda ular sevishganlar rolini ijro etgan. Tomoshabinlar bu aktyorlarni shunchalik yaxshi ko‘rishar ediki, ko‘plab muxlislar ularning munosabatlari haqiqiy hayotga ham ko‘chishiga umid qilgan. Biroq bu natija bermadi: haqiqiy hayotda Jeyson va Emiliya haqiqiy do‘st bo‘lib qolishdi. Aktrisa ikki marta miyaga qon quyilishidan aziyat chekkanida, ekrandagi sherigi uning yonidan bir qadam ham uzoqlashmadi. “Men uni juda yaxshi ko‘raman, baxtimga, hozir uning ahvoli yaxshi”, — deb yozgan edi Momoa do‘stining sog‘lig‘i yaxshilanganidan xursand bo‘lib.

Anastasiya Volochkova va Nikolay Baskov

Foto: Legion Media

2010-yildan keyin tez-tez birga ko‘rish mumkin bo‘lgan yana bir juftlik — Anastasiya Volochkova va Nikolay Baskov. Yulduzlar o‘rtalarida ishqiy munosabatlar bo‘lganini yashirmaydi, ammo hozir ularni vaqt sinovidan o‘tgan do‘stlik rishtalari bog‘lab turgani haqida bajonidil gapirishadi. Intervyularning birida xonanda do‘stining to‘yida boshlovchilik qilishni xohlashini va bu kunni intizorlik bilan kutayotganini tan olgan. “Sobiq munosabatlar bo‘lmaydi, Nastya esa hayotimdagi menga nisbatan iliq, do‘stona munosabatlarni saqlab qolgan qizlardan biri”, — deydi qo‘shiqchi.

Anjelina Joli va Jonni Depp

Foto: Getty Images

Anjelina va Jonni bir-birlarini 2000-yillarning boshlaridan beri bilishgan, ammo ular “Turist” filmini suratga olish paytida yaqindan tanishishgan. Insayderlarning aytishicha, yulduzlar o‘shanda tezda til topishib, film ekranga chiqqanidan keyin ham yaqin munosabatda bo‘lgan. Aynan Anjelina Jonni Ember bilan aloqani uzgandan keyin do‘stini qo‘llab-quvvatladi. Depp ham o‘z navbatida, Pitt bilan janjallashib qolganidan keyin Jolini yolg‘iz qoldirmay, uzoq sud tortishuvlarida ham yonida bo‘lgan.