15:57, 16.07.2021 // 41803

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri — Ilon Mask qanday uyda yashaydi? (foto)

Sayyoraning eng badavlat kishilarining beshtalik ro‘yxatidan o‘rin olgan Ilon Maskning moliyaviy ahvoli 169,8 milliard dollarga baholanadi. Go‘zal manzarali joydan, qimmatbaho mebellar bilan jihozlangan hashamatli uy sotib olishga qurbi yetishiga qaramay, u maydoni 37 kvadrat metrni tashkil qiladigan ixcham uyga joylashishni afzal bilgan. Mask uchun mazkur uy 50 ming dollarga tushgan — bu milliarderning Tesla kompaniyasi avtomobili narxidan arzonroq.

Foto: “Slate.com”

Turar joy studiya-xonadonni esga soladi. Undagi katta xona mehmonxona, yotoqxona, oshxona va vannaga bo‘lingan. Boxabl startapi tomonidan tayyorlangan uy konstruktor tamoyili asosida plitalardan ishlangan: xohishga qarab uni qismlarga ajratish, keyinroq esa bir necha soatda qayta yig‘ish mumkin.

Foto: Glamour

Maskning uyi SpaceX kompaniyasining Starship raketalari ishlab chiqariladigan yerdan uncha uzoq bo‘lmagan joyda, Texas shtatining Boka-Chika qishlog‘ida joylashgan.

Foto: Glamour

Ilonning hashamatdan voz kechishi ishga boshi bilan sho‘ng‘ish istagi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Foto: Glamour

Foto: Glamour

Milliarderning o‘zi Twitter sahifasida yangi uyi unga juda ham ajoyib tuyulayotganini ma’lum qilgan.

Foto: Glamour

Bundan kelib chiqib, Ilonni dunyodagi eng kamtarona yashashni afzal biladigan milliarder deb atasa ham, xato bo‘lmaydi. Taqqoslash uchun, Amazon asoschisi Jeff Bezos ham Nyu-York markazidan uy sotib olgan, buning uchun milliarder 80 million dollar sarflagan.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv