Ozarbayjon elchixonasi ko‘magi bilan COVAX global tashabbusiga ko‘ra Ozarbayjon uchun mo‘jallangan 50 ming doza vaksina Toshkentga keltirildi.

Foto: YuNISEF

“Vaksinalar shoshilinch tarzda hammaga adolatli ravishda yetkazib berilmas ekan, dunyo COVID-19 virusining mutatsiyalari xavfi ostida qolaveradi”, — deyiladi xabarda.

Foto: YuNISEF

“Gazeta.uz”ning yozishicha, yuborilgan vaksinalar AstraZeneca kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Ta’kidlash kerakki, hozirda Ozarbayjonda CoronaVac, AstraZeneca va “Sputnik V” vaksinalaridan foydalanishga ruxsat berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 17-mart kuni AstraZeneca vaksinasining ilk 660 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelingan edi. Shunday qilib, O‘zbekistonda jami vaksina zaxirasi 7 million 580 ming dozaga yetdi.

Avvalroq avgust oyida “Sputnik V” vaksinasidan 160 ming doza hamda avgust–sentabr oylarida COVAX dasturi doirasida yana 660 ming doza (AstraZeneca yoki Moderna) vaksinalari olib kelinishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.