O‘zbekistonda 18-iyul kuni 585 kishida koronavirus aniqlandi — bu kunlik kasallanish bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 119 973 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 50 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 63 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 35 nafari Namangan viloyatida,
  • 56 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 59 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 42 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 61 nafari Toshkent viloyatida,
  • 117 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 462 kishida pnevmoniya tasdiqlandi.

Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 562 kishi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida 68 nafar, Buxoro viloyatida 35 nafar, Jizzax viloyatida 153 nafar, Qashqadaryo viloyatida 19 nafar, Namangan viloyatida 40 nafar, Surxondaryo viloyatida 50 nafar, Farg‘ona viloyatida 61 nafar, Toshkent viloyatida 41 nafar, Toshkent shahrida 95 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 114 865 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 801 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalgi antirekord 25-iyun kuni qayd etilgan, o‘shanda 546 kishida COVID-19 tasdiqlangandi. Ta’kidlash kerakki, mamlakatda bir kunda koronavirus asoratlari oqibatida besh kishi vafot etgani so‘nggi bor 2020-yilning 4-oktabrida qayd etilgan.