Qurbon hayiti O‘zbekistonning deyarli barcha hududlarida bir-biridan keskin farq qilmagan an’analar asosida nishonlanadi. Erta tongda qabristonga borib, o‘tgan-ketgan yaqinlar haqiga tilovat qilish, qurbonlik uchun qo‘y yoki mol so‘yish, yangi kelinlarning uyiga mehmonga borish, bolalarga hayitlik ulashish va shu kabi boshqa odatlar turli hududlarda ushbu ayyomning ajralmas qismi sanaladi.

“Daryo” O‘zbekiston hududlarida Qurbon hayiti qanday nishonlanayotgani aks etgan fotosuratlarni havola qiladi.

Samarqand viloyati 

Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi “Sariosiyo” mahallasida qo‘yni qurbonlikka hozirlayotgan otaxon.

Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

Samarqand viloyatining Toyloq tumanidagi “Sariosiyo” mahallasidagi “Sariosiyo” jome masjidining imom-xatib va mahalla raisi masjid darvozasining oldida o‘tiribdi.

Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

Qurbon hayitida mehmon kutayotgan kelin. Samarqandda ham O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi kabi hayitda yangi kelinning uyiga mehmonlar keladi.

Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

Samarqand viloyatining Toyloq tumanida qurbonlik oshi pishirilmoqda. Ushbu osh muhtojlarga va kam ta’minlangan oilalarga ehson qilinadi.

Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan Samarqand viloyati, Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarga 3 tonnaga yaqin turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 1500 kilogrammdan ziyod go‘sht va boshqa mahsulotlar tarqatdi.

Foto: “Daryo” / Farhod Norbo‘tayev

Buxoro viloyati

Buxoro viloyatining “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmui markaziga qarashli kushxonada qurbonlikka atalgan qo‘y va mollar so‘yilmoqda.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Buxoro viloyatining “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmui markaziga qarashli kushxonada qurbonlikka atalgan qo‘y va mollar so‘yilmoqda.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Buxoro viloyatining “Bahouddin Naqshband” yodgorlik majmui markaziga qarashli kushxonaga qurbonlikka olib kelinayotgan qo‘y.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Buxoro viloyatining “Bahouddin Naqshband” ziyoratgohida duoga qo‘l tortayotgan tashrif buyuruvchilar.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Buxoro viloyatining “Bahouddin Naqshband” ziyoratgohida tilovatdan so‘ng ketayotgan tashrif buyuruvchilar.

Foto: “Daryo” / Laylo Hayitova

Namangan viloyati

Namangan shahrining Yangi Namangan tumanida joylashgan mol bozorida savdolashayotgan savdogar va xaridor.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namangan shahrining Yangi Namangan tumanida joylashgan mol bozorida qurbonlikka sotilayotgan mollar.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namangan shahridagi “Mavlono” qabristoniga Qurbon hayiti kuni yaqinlari qabrini ziyorat qilish uchun kelganlar.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namangan shahridagi “Mavlono” qabristoniga yaqinlari haqqiga duo qilishga kelgan otaxon va uning nevarasi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namanganda hayit bayramlari arafasida va ayyom kunlari holva, parvarda, xo‘rozqand, pashmak va boshqa shirinliklar savdosi avj oladi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Hayitlik shirinliklarini ko‘tarib olgan bolalar.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Hayitlik shirinliklarini sotayotgan bolakay.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namangan shahrida qurbonlikka atalgan mol-qo‘ylarning olib kelinish va so‘yilish jarayoni. Ular so‘yilganidan so‘ng uch qismga bo‘linib, ehtiyojmandlarga va qarindosh-urug‘larga tarqatiladi, bir qismi oila ixtiyorida qoladi. Terisi odatda masjidga ehson qilinadi. Qurbonlik oldidan shukr namozi o‘qiladi, qurbonlik payti mol yoki qo‘yni xarid qilganlar jonivorni ushlab, duo o‘qib turishadi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Namangan shahri, Davlatobod tumani, “Quyi G‘irvon” mahallasi. Qassob Po‘lat Qahharov xonadonida ehson uchun qurbonlik moli so‘yilmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Qashqadaryo viloyati

Qashqadaryo viloyatida ham boshqa hududlardagi kabi hayit kuni bolalarga shirinliklar ulashiladi.

Foto: “Daryo” / Otabek Qo‘ldoshev.

Andijon viloyati

Foto: “Daryo” / Umidjon Mamarasulov

Surxondaryo viloyati

Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi Dashnabod qishlog‘idagi xonadonlarning birida Qurbon hayitida ehson qilish uchun qo‘y so‘yilmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

So‘yilgan qo‘y birgalikda ilgakka osilmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qo‘y so‘yilib, tozalanmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Qurbonlik qilingan jonliq go‘sht taqsimlanishga tayyor.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Hayit kuni qurbonlik qilingan jonliq go‘shtidan bir qismi qovurilib, qarindoshlar va qo‘shnilar mehmonga chaqiriladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Go‘shtning yana bir qismi taqsimlanib, yaqin atrofdagi, asosan qurbonlik qilishga imkoniyati bo‘lmagan aholiga tarqatiladi.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Uyida holva tayyorlab sotuvchi oila a’zolari hayit bayramida xaridorlarga mahsulotni tarozida o‘lchab bermoqda.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Katta oilalarda barcha qarindoshlar jam bo‘lib, bayramni birgalikda nishonlashadi. Ana shunday oilaviy bazm uchun qozonga go‘sht osilgan.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Hayit kuni ulashishga hozirlangan yeguliklar.

Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

Toshkent shahri

Toshkent tumanidagi kushxonalardan birida Qurbon hayiti kuni qurbonlik uchun so‘yilayotgan qo‘ylar.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Toshkent tumanidagi kushxonalardan birida Qurbon hayiti kuni qurbonlikka keltirilayotgan qo‘y.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov