Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Feruza Normatova folloverlaridan o‘zini ehtiyot qilishni so‘radi.

Foto: Instagram

Munisa Rizayeva ham o‘z kuzatuvchilarini Qurbon hayiti bilan qutlab, samimiy tilaklar bildirganlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Muqaddas Sa’dullayeva farzandlari bilan ota-onasini yo‘qladi.

Foto: Instagram

Mirzabek va Ulug‘bek Xolmedovlar hazilomuz bayram tabrigini muxlislariga yo‘lladi.

Madina Mumtoz folloverlarini bayram bilan tabrikladi.

Foto: Instagram

Dildora Niyozova arab tilidagi mashhur nashidlardan birini kuyladi.

Nargiza Salmonovaning eri sahifasiga aktrisa bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram

Turkiyaga hordiq chiqarish uchun ketgan xonanda Hosila Rahimova onasi bilan birgalikda folloverlarini bayram bilan tabrikladi.

Lola hayit oshini o‘z qo‘llari bilan tayyorladi.

Foto: Instagram

20-iyul kuni aktrisa Aziza Yoqubova tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Shu munosabat bilan Azizaga turmush o‘rtog‘i kutilmagan sovg‘a tayyorladi.

Klipmeyker Habibullo Nabiyev va aktrisa Gulinur Abdullayeva farzandli bo‘ldi.

Foto: Instagram

Ijtimoiy tarmoqlarda 19-iyul kuni avtohalokat oqibatida halok bo‘lgan sobiq MMA jangchisi Murod Xonto‘rayevning “Mashhurlar” ko‘rsatuviga bergan intevyusi tarqaldi. Unda marhum o‘lim haqidagi mulohazalari bilan o‘rtoqlashgan.