O‘zbekistonda 19-iyul kuni 158 102 doza COVID-19’ga qarshi vaksina qo‘llanildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Ulardan 123 947 dozasi birinchi bosqichda, 18 723 dozasi ikkinchi bosqichda hamda 15 432 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi jami 5 803 255 doza vaksinadan foydalanilgan, ularning 1 553 512 dozasi ikkinchi va 581 764 dozasi uchinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 3 667 979 kishini tashkil etmoqda.

Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 1 023 425 nafarni tashkil qilmoqda.

19-iyul kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Namangan viloyati (24 953 doza),
  • Farg‘ona viloyati (24 669 doza),
  • Navoiy viloyati (16 255 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 755 389 doza,
  • Namangan viloyatida 752 077 doza,
  • Andijon viloyatida 642 815 dozani tashkil qilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 18 yoshdan oshgan 14 ta toifadagi fuqarolar koronavirusga qarshi emlanishi shart etib belgilangani to‘g‘risida xabar berilgandi.