20-iyul kuni O‘zbekistonga Xitoydan yana 1 million doza xitoy-o‘zbek hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining navbatdagi partiyasi keltirildi. Bu haqda Telegram’dagi “Vaksina.uz” kanali xabar berdi.

Foto: Telegram /@vaksina.uz

Bu ushbu vaksinaning O‘zbekistonga keltirilgan 8-partiyasi bo‘lib, xuddi shuncha miqdorda 30-iyun kuni ham keltirilgan edi. Bundan avval ZF-UZ-VAC2001 ning:

Ma’lumot uchun, ZF-UZ-VAC2001 koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaksina bo‘lib, Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Vaksinaning klinik tadqiqotlari o‘zbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyul kuni AstraZeneca vaksinasining 50 ming dozasi O‘zbekistonga olib kelingan edi. Shunday qilib, O‘zbekistonda jami vaksina zaxirasi 8 million 580 ming dozaga yetdi. Hozirgacha qo‘llanilgan vaksinalar soni 5,8 million dozadan oshgan.