Surxondaryo viloyati Boysun tumanida sement tashuvchi yuk mashinasi va ikki Nexia o‘zaro to‘qnashdi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 19-iyul kuni soat 16:00 larda M-39 avtomobil yo‘lining 337-kilometrida Sherobod–Boysun yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan sement tashuvchi yuk mashinasi orqasidan Nexia kelib urilgan. Zarbdan so‘ng boshqaruvni yo‘qotgan Nexia orqasidan boshqa bir Nexia kelib to‘qnashgan.

Aniqlanishicha, yuk mashinasiga urilgan Nexia haydovchisi boshqaruv vaqtida uxlab qolgan.

YTH oqibatda yuk mashinasiga urilgan Nexia’da yo‘lovchi sifatida harakatlanib ketayotgan shaxs vafot etgan.

Bundan avval Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Chiroqchida ikki Nexia to‘qnashuvida 3 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgani hamda Andijonda 21 yoshli fuqaro boshqaruvidagi yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt’ni urib yuborgani haqida xabar berilgandi.