Ijtimoiy tarmoqda “Poytaxt ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi moslama” sarlavhasi ostida videolavha tarqaldi. YHXBB video yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: YHXBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Tracker rusumli 01 779 VSC davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomobilining tom qismiga o‘rnatilgan moslama aks etgan videolavha tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur moslama qoidabuzarlik holatlarini qayd etishga mo‘ljallangan. Hozirda sinov tariqasida qo‘llanilib, tajribadan o‘tkazilmoqda.

Tajriba yakunlanib, moslamadan amaliyotda foydalanish boshlanganda qo‘shimcha ma’lumot berilishi ta’kidlangan.

Bundan avval Toshkentda YPX xodimlari haydovchini urgani haqidagi xabarlar yuzasidan YHXBB ma’lumot bergani, O‘zbekistondagi barcha fotoradarlar va kameralarning joylashuvi ma’lum qilingani hamda Toshkent shahri bo‘yicha mavjud onlayn rejimida ishlovchi fotoradarlar va kameralar to‘g‘risida ma’lumot berilgani haqida xabar berilgandi.