11:58, 23.07.2021 // 20259

Filmlarda shahzoda rolini gavdalantirgan aktyorlarning taqdiri qanday kechdi?

Turli filmlarda shahzoda rolini ijro qilishga muvaffaq bo‘lgan yulduzlarning hayoti qanday kechgani haqidagi ma’lumotni e’tiboringizga havola qilamiz.

Ben Barns

Foto: Grazia

Ben 2008-yilda suratga olingan “Narniya saltanati” filmida shahzoda Kaspian rolini ijro qilgan. Oradan bir yil o‘tib esa “Dorian Greyda” filmida bosh qahramonni gavdalantirgan. Keyinroq karyerasida pichoqqa ilinadigan rol bo‘lmagan aktyor, bora-bora unutilgan. Kaspian roli, 2021-yilning 20-avgust kuni 40 yoshni qarshilaydigan, Barnsning arsenalidagi eng yorqin va ko‘zga ko‘rinarli ijrolardan biri bo‘lib qoladi.

Orlando Blum

Foto: Grazia

Aslida Blum “Uzuklar hukmdori”da elflar qirolining o‘g‘li — Legolas rolini ijro qilish uchun davogar bo‘lmagan. Karyerasini endi boshlagan aktyor boshqa qahramon — Faramirni gavdalantirish uchun kastingda qatnashayotgan bo‘lgan. Ammo rejissor unga jiddiyroq taklif bilan murojaat qilgan. Natijada Jon Ronald Ruel Tolkinning asari ekranizatsiyasida Blum suratga tushgan va bu uning Gollivuddagi karyerasining boshlanishi bo‘lgan.

Jeyk Jillenxol

Foto: Grazia

2010-yilda aktyor “Fors shahzodasi” filmida shahzoda Doston rolini ijro qilgan. Mazkur rol Jillenxol arsenalidagi eng yaxshi qahramonlardan biri bo‘lgan. “Fors shahzodasi”ning suratga olish maydonchasida men boshqa lentalardagidan ko‘proq ko‘nikmaga ega bo‘lganman, — deydi u. Film prokatga chiqqanidan keyin aktyor muvaffaqiyatga erisha boshlagan. “Oltin globus” mukofotiga ikki marta nomzodi qo‘yilgani esa buning isboti.

Richard Medden

Foto: Grazia

11 yoshidanoq suratga tushishni boshlagan shotlandiyalik aktyor, “Taxtlar o‘yini”dagi Robb Stark rolidan keyin mashhurlikka erishgan. Richard 2015-yilda suratga olingan “Zolushka”da shahzoda Kitni gavdalantirgan. Ammo uning ijro qilgan qahramonidan ko‘ngli to‘lmagan. Meddenning bugungi kundagi ijodiy muvaffaqiyatlari haqida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘q.

Armi Xammer

Foto: Grazia

Aktyor “Oppog‘oy: Gnomlarning qasosi” filmida Valensiyaning o‘ziga bino qo‘ygan shahzodasi rolini ijro qilgan. Karyerasidagi eng yaxshi rollardan biri emasligiga qaramay, aynan mazkur film unga kassabop loyihalardan taklif kelib tushishiga sababchi bo‘lgan. “U.N.C.L.E agentlari”, “Otishma” singari filmlar shular jumlasidan.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv