O‘zbekistonda 22-iyul kuni 738 kishida koronavirus aniqlandi — bu kunlik kasallanish bo‘yicha 2021-yilning eng yuqori ko‘rsatkichidir. Shunday qilib, mamlakatda COVID-19 rasman qayd etilganlar soni 122 786 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 76 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 85 nafari Jizzax viloyatida,
  • 19 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 17 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 78 nafari Samarqand viloyatida,
  • 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 77 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 65 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 21 nafari Xorazm viloyatida,
  • 89 nafari Toshkent viloyatida,
  • 118 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. Bundan tashqari, kecha kun davomida 462 nafar kishida pnevmoniya tasdiqlandi.

Vazirlikning qayd etishicha, so‘nggi sutkada jami 548 kishi: Qoraqalpog‘istonda 58 nafar, Buxoroda 30 nafar, Jizzaxda 66 nafar, Qashqadaryoda 22 nafar, Navoiyda 29 nafar, Namanganda 32 nafar, Samarqandda 50 nafar, Sirdaryoda 18 nafar, Farg‘onada 35 nafar, Toshkent viloyatida 69 nafar, Toshkent shahrida 139 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar 117 303 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 819 nafarni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi to‘rt kunda ham O‘zbekistonda COVID-19’ga chalinish bo‘yicha antirekordlar qayd etilgandi. Xususan, 18-iyul kuni 585 kishi, 19-iyul kuni 658 kishi, 20-iyul kuni 698 kishida, 21-iyul kuni esa 719 kishida kasallikka chalinish holati aniqlangandi.