Aftidan, britaniyalik mashhur qo‘shiqchi Adel Beverli-Hillzda ko‘chmas mulk monopoliyasini yaratish to‘g‘risida jiddiy o‘ylay boshlagan — u eng obro‘li hududdagi ikkita qasrining yonidan uchinchi uyni ham sotib oldi, deb xabar bermoqda PeopleTalk nashri.

Foto: Getty Images

Taxminan, 10 million dollarlik hashamatli uy to‘rtta yotoqxona, to‘rtta hammom, basseyn va basketbol maydonchasini o‘z ichiga oladi.

Foto: thisiscriswhite.com

Xonanda mazkur uyni er-xotin — Nikol Richi va musiqachi Joel Maddendan sotib olgan. Juftlik bu uyni 2015-yilda ancha arzonroq — 6,7 million dollarga xarid qilgan. Yangi uy Adelning va sobiq eridan 2019-yilda sotib olgan uyining yonida joylashgan.

Foto: thisiscriswhite.com

Foto: thisiscriswhite.com

Mazkur yangi uy sabab xonanda Penelopa Kruz va Xaver Bardem, Mila Kunis va Eshton Kutcher, shuningdek, Jennifer Lourens bilan qo‘shni bo‘ldi.