16:53, 24.07.2021 // 52584

Ajrashish, dori va boshqa sabablarga ko‘ra sezilarli darajada vazn tashlagan yulduzlar (foto)

Shou-biznes vakillari orasida kimlar avvalgidan farq qiladigan darajada ozishga muvaffaq bo‘lgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Adel

Foto: Cosmopolitan

“Gremmi” mukofotini bir necha marta qo‘lga kiritgan Adel avvalgidan sezilarli darajada vazn tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Uning ozishi turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga qilgan qarori bilan bog‘liq. Ajrashish jarayoni xonanda uchun qiyin sinov bo‘lgan. “Men avvallari yig‘lardim, endi terlayman, keyin esa ozaman”, — degan yulduz jurnalistlarga. Sobiq eri bilan bog‘liq munosabatlariga nuqta qo‘yganidan keyin qo‘shiqchi qayta semirishga shoshilmagan — aksincha, ovqatlanishini qayta ko‘rib chiqqan va pilates bilan shug‘ullanishni boshlagan.

Rebel Uilson

Foto: Cosmopolitan

Yorqin ko‘rinishi va iste’dodi tufayli Rebelga mashhur filmlardan takliflar kelib tusha boshlagan. 2020-yilga kelib ozishni istashini tushunib yetgan Uilson bor-yo‘g‘i bir yil ichida o‘nlab qo‘shimcha kilolardan qutulishga ahd qilgan. Haftaning 7 kunida sport bilan shug‘ullangani, tog‘ bo‘ylab tinkasi qurigunicha sayr qilgani va to‘g‘ri ovqatlangani unga muddatidan avvalroq ozishga yordam bergan.

Sara Ryu

Foto: Cosmopolitan

Saraning to‘laligi o‘ziga yarashib turishiga qaramay, 30 yoshga to‘lganida hayot tarzini o‘zgartirishga qaror qilgan. U parhez tutish va tinimsiz mashq bajarish orqali 20 kilo tashlashga erishgan.

Goar Avetisyan

Foto: Cosmopolitan

Instagram’dagi eng mashhur vizajistlardan biri hisoblangan Goar ham sobiq turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlariga nuqta qo‘yishga qaror qilganidan keyin 43 kiloga ozgan. Uning o‘zi yana 30 kilo tashlashni rejalashtirgan. Yog‘li taom, shirinliklar, gazlangan ichimlik va fastfuddan voz kechgan Goar kaloriyani hisoblashni boshlagan hamda taomnomasiga kletchatkaga boy bo‘lgan mahsulotlarni kiritgan. Bundan tashqari, u ozish uchun plastik jarrohlik — lipoksatsiya va tanasining bir nechta qismini torttirish amaliyotini boshdan kechirgan.

Ariel Vinter

Foto: Cosmopolitan

“Zamonaviy oila” filmida suratga tushgan aktrisaning tashqi ko‘rinishi uzoq vaqt davomida muhokamalarga sabab bo‘lgan. 6 yil davomida qabul qilgan antidepressantlar unga ozish imkonini bermagan. Ammo Ariel ortiqcha kilolardan qutilishga muvaffaq bo‘lgan. Dori vositalarini o‘zgartirgani sarvqomat bo‘lishiga hissa qo‘shgan. Birdaniga vazn tashlagani muxlislarini hayratda qoldirgan.

Xoakin Feniks

Foto: Cosmopolitan

Xoakin “Joker”da suratga tushish uchun bir oydan ko‘proq vaqt davomida 24 kiloga ozgan. Bunday natijaga erishish uchun aktyor qat’iy parhez tutgan va shifokorlar nazorati ostida bo‘lgan. Ammo birdaniga bu darajada ozgani sabab zinapoyalardan chiqish, jismoniy mashqlarni bajarish ba’zida esa ssenariyni o‘qishga ham qiynalgan.

Jessika Simpson

Foto: Cosmopolitan

2020-yilda 39 yashar aktrisa Jessika Simpson uchinchi marta ona bo‘lgan. Kech ona bo‘lish aktrisa uchun oson bo‘lmagan — bu vaqtda Jessika 40 kilo vazn to‘plagan, shish va kasalliklardan qiynalgan. Ammo bular Simpsonning 8 oy davomida 45 kilodan qutilishiga to‘sqin bo‘lmagan. U qizi dunyoga kelishi bilanoq ozishga kirishgan. Aktrisa taomnomasiga ko‘proq sabzavotlarni kiritib, haftada 4 marta sport zalga borgan. Bu esa tabiiyki, o‘z natijasini bergan.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv