18:54, 25.07.2021 // 38962

O‘ziga yolg‘on biografiya to‘qib olgan yulduzlar (foto)

Mashhurlarning hayoti yorqin va noodatiy ko‘rinadi, ammo ba’zida chiroyli hikoyalar ortida yoqimsiz reallik yashiringan bo‘ladi. Yulduzlardan kimlar biografiyasi bilan bog‘liq yolg‘on ma’lumot tarqatgani haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Anjelina Joli

Foto: Woman’s Day

Anjelina Joli yoshligida boshqacharoq bo‘lgan — rok tinglagan, qora bo‘yoqlardan foydalanib bo‘yangan va taqiqlangan moddalarni qabul qilgan. O‘ziga jalb qiladigan obraz yaratish uchun aktrisa kelib chiqishi irokez hindulari bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. Uning oila a’zolari bu ma’lumotni inkor etganiga qaramay, aksariyat muxlislar Anjelinaning so‘zlariga ishonishda davom etadi. Aslida esa aktrisada ona tomondan fransuz, gollandiyalik va nemislar qoni bor. Otasining kelib chiqishi ham nemislarga borib taqaladi.

Jastin Biber

Foto: Woman’s Day

2012-yilda Twitter sahifasida kamerasi va noutbuki o‘g‘irlab ketilganini ma’lum qilgan Jastin suratlari tarqalishi ehtimoli borligini qo‘shimcha qilgan. OAV vakillari voqealar rivojini kuzatgan, ammo sensatsiya sodir bo‘lmagan. Ammo sal o‘tib xonandaning Niki Minaj bilan birga ijro qilgan “Beauty and a beat” qo‘shig‘i premyerasi bo‘lib o‘tgan.

Vitas

Foto: Woman’s Day

Vitas karyerasi boshlanishida tanasi jabra (oyquloq) bilan qoplanganini ma’lum qilgan. Bunga ishongan ayrim muxlislar uzoq vaqt davomida qo‘shiqchini odam-amfibiya deb hisoblagan. Bu uydirma ekani, uning muallifi esa xonandaning prodyuseri Sergey Pudovkin ekani ma’lum bo‘lgan. Nima bo‘lganda ham xonanda mashhurlikka erishishga muvaffaq bo‘lgan. Uning ismi eng mashhur rossiyalik qo‘shiqchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan.

Anastasiya Volochkova

Foto: Woman’s Day

Balerina shaxsiy munosabatlarini ko‘z-ko‘z qilgani sabab ko‘p bora muammolarga o‘ralashib qolgan. 2010-yilda uning chililik millioner Migel bilan uchrashib yurgani haqida ma’lumot tarqalgan. Keyinchalik jurnalistlar Anastasiyaning qaylig‘i, oddiy aktyor ekanini bilishga muvaffaq bo‘lgan. Igor Vdovin bilan soxta turmushi esa muxlislar hafsalasining yana bir marta pir bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Tantana ko‘zbo‘yamachilik bo‘lib chiqqan, ustiga-ustak juftlik er-xotin sifatida ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lgan.

Nikol Sherzinger

Foto: Woman’s Day

“The Pussycat Dolls” guruhining sobiq ishtirokchisi mashhurlik vaqtida yoshi bilan bog‘liq yolg‘on (2 yoshga kichik) ma’lumot aytgan. Buning sababi xonandaning yosh auditoriyasiga yaqin bo‘lishni istagani bilan bog‘liq bo‘lgan.

Tayra Benks

Foto: Woman’s Day

Aksariyat yulduzlar yoshni yashirishning hech qanday yomon tarafi yo‘q deb hisoblaydi. Masalan, Tayra Benks modellar ko‘rinishidan kelib chiqib savolga javob berishdan qochmasligi kerakligini aytadi. “Moda sanoati yoshlikning shaydosi hisoblanadi. Suhbat davomida yolg‘on gapirish kerak yoki yo‘qligi borasida shubha qilish kerak emas. Yoshingiz 25 da, ammo 17 yashar qizlardek ko‘rinasizmi, demak, o‘zingizni 16 yosh deb ayting. Keyin Yevropaga namoyish uchun jo‘nab ketayotganingizda aeroportda pasportingiz tekshirilganda, haqiqiy ma’lumot fosh bo‘ladi. Ammo bu vaqtga kelib hech kimning yoshingiz bilan ishi bo‘lmay qoladi”, — deydi u. Tashqi ko‘rinishiga juda ham e’tiborli bo‘lgan supermodel plastik jarrohlarga muntazam ravishda murojaat qilib turadi. Bundan ko‘zlangan maqsad haqiqiy yoshini berkitish bo‘lsa, ne ajab.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv