Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarni e’tiboringizga havola etamiz.

Turk aktyori Burak O‘zchivit katta baliq tutdi.

Foto: Instagram

Bir yildan ko‘proq vaqtdan beri Rossiyada yashayotgan aktrisa Zarina Nizomiddinova Toshkentga keldi.

Adiz Rajabov folloverlariga yangi surat bilan ko‘rinish berdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Ra’no Shodiyeva o‘g‘li Diyorning to‘yidan keyin qizi Raxshonani ham unashtirdi.

Luiza Rasulova qora rangli obrazida tushgan suratini sahifasiga joyladi.

Foto: Instagram

Zo‘r TV telekanalida Murod Xonto‘rayev haqidagi lavha efirga uzatildi. Lavhada marhum sportchining ota-onasi uni xotirladi, jumladan, uning onasi o‘g‘li tomonidan berilgan so‘nggi sovg‘ani ham ko‘rsatdi.

Yigitali Mamajonov Muqaddas Sa’dullayeva va qizi Sa’diya bilan tushgan suratini “Mening quvonchlarim” deb izohladi.

Foto: Instagram

Asl kasbi astronom bo‘lgan Shahlo Zoirova diplomli san’atkor bo‘lishga ahd qildi hamda san’at institutiga hujjat topshirdi.

Bahora Arslonovaning akasi vafot etdi.

Foto: Instagram

Samandar Hamroqulov “Chotki TV” YouTube kanaliga bergan intervyusida marhum aktrisa Gavhar Sharipovani talabalik paytida sevgani haqida so‘zlab berdi.

Shahzoda Matchonova erta tongdan qizalog‘i bilan sayrga chiqdi.

Foto: Instagram

Sitora Farmonova fotosessiya uchun kelinlik libosini kiydi.

Munisa Rizayeva yangi qo‘shig‘iga ishlanayotgan klipda yangicha obrazda namoyon bo‘ladi.