Forbes nashri Netflix striming servisidagi eng mashhur seriallar ro‘yxati e’lon qilindi, deb yozadi PeopleTalk.

Foto: PeopleTalk

So‘nggi yetti oy ichida eng ko‘p tomosha qilingan shoularni aniqlash maqsadida ma’lumotlar Netflix’dagi reytinglarga asoslangan. Ko‘plab muxlislar “Brijertonlar” seriali ro‘yxat boshidan joy olishini kutgan edi, ammo 2021-yilda serial reytingni tushib ketgan va u hozirda faxriy uchinchi o‘rinda.

Ikkinchi pog‘ona esa “Jinni va Jorjiya” serialiga nasib etgan. Brianna Xoui va Jennifer Robertson ushbu serialda bosh rollarni ijro etgan. Bu Jorjiya va uning o‘smir qizi Jinni haqida bo‘lib, unda yangi shaharda yangi hayotni boshlash haqida so‘z boradi.

Reytingning eng yuqori pog‘onasini esa “Kokomelon” bolalar multseriali band qilgan. Ta’kidlanishicha, mazkur loyiha bundan ikki yil oldin barchaning og‘zidan tushmagan “Peppe laqabli cho‘chqacha”ga yetib olmoqda. “Kokomelon” — bu YouTube’dagi kanal bo‘lib, uning animatsion videoroliklari 3,5 milliard martadan ortiq tomosha qilingan. Bolalar uchun mo‘ljallangan qo‘shiqlari shu qadar mashhurki, u YouTube afsonalaridan ortda qolmaydi.

Avvalroq Netflix o‘z servisiga videoo‘yinlar ham qo‘shishni rejalashtirayotgani, Netflix Barak va Mishel Obamaning We The People multseriali treylerini namoyish etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.