Ijtimoiy tarmoqlarda bemorning deltasimon mushagidan bir metall parchasi chiqarib olinish jarayoni namoyish qilindi. Video yuzasidan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nurmat Otabekov munosabat bildirdi.

“Bu videoni tarqatayotganlar buni vaksinadan keyingi holat ekanini aytib, uni maxsus ‘chip’ deyishmoqda. Bu haqiqatga mos kelmaydi!

Birinchidan, suyuq metall — faqatgina simob hisoblanadi. Temir moddasini suyultirilgan holda organizmga kiritish mumkin emas. Chunki juda yuqori haroratdagina temir moddasi suyuq holatga keladi.

Qolaversa, temir moddasini organizmga yuborish uchun igna uchi juda ham yo‘g‘on bo‘lishi kerak. Ushbu videodagi holatni vaksina bilan bog‘lash mutlaqo noto‘g‘ri! Bunday holatlarga ortiqcha e’tibor qaratmasligingizni so‘raymiz”, – deydi Nurmat Otabekov.