21:56, 01.08.2021 // 49912

Foto: Hindiston shaharlarining odatiy kundalik hayoti

11 yildan buyon suratga olish bilan shug‘ullanadigan Anastasiya Dubrovina o‘z karyerasini tijoriy loyihalar va Belarusdagi to‘ylarni tasvirga olishdan boshlagan. Ayni vaqtda Moskvada istiqomat qiladigan suratkash kundalik hayotni kadrga muhrlaydi, bugungi Rossiya, xotira va bolalikka bag‘ishlangan art-loyihalarni taqdim qilib keladi.U sevimli mashg‘ulotini sayohat qilish bilan umumlashtirishga erishgan. Quyidagi suratlar uning sayohatchi-fotograf sifatida ilk xorijiy safari davomida olingan

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Tekshirishni va iloji boricha notanish joylarni kadrga muhrlashni istaganim uchun bo‘lsa kerak, mening hech bir safarim suratlarsiz bo‘lmaydi”, — deydi suratchi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Dubrovinaning birinchi ishchi kamerasi Canon d400 bo‘lgan. Ushbu uskuna yordamida u ilk mijozlarining turli mahsulotlari: tortlar, guldastalar va boshqa ko‘plab narsalarni suratga olgan. Ayni vaqtda Fuji’ning oynasiz kamerasini afzal biladigan Anastasiyaning fikricha, ushbu fotoapparat sayohatchilar uchun ayni muddao hisoblanadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Hindistonga safari ijodkorning hayotida tub burilish yasagan. “Ushbu suratlar sayohat janridagi birinchi ishim. Men aynan sayohat davomida suratga olishni istashim, buning uchun menga nima kerakligi va jarayonni qanday tashkillashtirishim kerakligini tushunib yetganman”.

Foto: AdMe

Fotografning Hindistonga qilgan safari taxminan ikki hafta davom etgan. Janub — Keraldan boshlangan sayohat Shimoldagi Deli, Agra, Jaypur, Jodxpur, Varanasi, Sarnatx va Xajuraxoga tashrif bilan davom etgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Anastasiyaning aytishicha, Hindiston nafaqat fotograflar, balki sinchkov insonlarni ham o‘ziga maftun qiladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Garchi u yerda ikki marta bo‘lgan bo‘lsam-da, men qayta-qayta borishni istaydigan shahar bu — Varanasi. U betartib, ammo sirli shahar. Bu yerga vafot etish hamda Gang daryosi sohilidagi krematsiya orqali Sansara g‘ildiragidan chiqish uchun ziyoratchilar yog‘ilib keladi”, — deydi fotograf.

Foto: AdMe

Uni ayniqsa, Hindistondagi mahalliy aholi va ularning kundalik turmush ta’sirlantirgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Yerda o‘tiradigan psevdosadxu, har yerda hozir sigirlar, tezyurar tuk-tuklar (Hindistonda foydalaniladigan transport vositalaridan biri, motoriksha deb ham ataladi), sirli ibodatxonalar, dafn marosimi gulxanlari va turfa hidlar”, — Anastasiyaning ushbu mamlakat bilan bog‘liq yorqin xotiralarining bir qismi sanaladi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Hindistonning kichik shaharlarida odamlar hali ham tabaqalanish tizimi asosida hayot kechiradi. Varanasida har kuni muqaddas dafn marosimi o‘tkaziladi. Dehlining markaziy ko‘chalari mutlaq tartibsiz. Mumbaydagi xarobalar kadrda chiroyli, ammo qarovsiz ko‘rinadi. Ijodkorni aynan shular ko‘proq hayratlantirgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

“Men uchun hindlarning rang palitrasi — cho‘g‘ hamda tutun ichidagi olovrang va oxra (sariq yoki qizil tusli bo‘yoq). Bu xuddi ko‘chadagi chang bilan aralashib, tuk-tuklar harakatlanganida havoga ko‘tariladigan ziravorlarning rangiga o‘xshaydi”, — deydi u

Foto: AdMe

Anastasiya o‘zining eng sevimli fotolaridan birining qanday suratga olingani haqida aytib bergan: “Rangli toshlardan bunyod etilgan pushti shahar — Jaypurda olingan ushbu suratni yaxshi ko‘raman. Unda kechki tirbandlik kadrga muhrlangan. Shahar bo‘ylab uzoq sayr qilganimdan keyin dam olish uchun duch kelgan binoning tomiga chiqdim. Tomda mitti ibodatxona turar, boshida bog‘ichi bor odam uning oldida tosh qotgancha ibodat qilardi. Men o‘z navbatida unga xalal qilmaslikka urindim”.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Anastasiyaning faoliyatida kompozitsiyaning ahamiyati katta. U vizual ritm, ranglarga urg‘u berish, shuningdek, simmetrik kompozitsiyadan, suratlarida qahramonlar haqida hikoya qilish uchun esa “uchdan bir qism” qoidasidan foydalanadi. Suratlarida birinchi bo‘lib asosiy qahramon, keyin qolgan narsalar ko‘zga tashlanadi.

Foto: AdMe

Dubrovina Hindistonda uchratgan odamlari bilan tezda til topishib ketgan. Uning fikricha, potensial model bilan muloqot qilganda samimiy bo‘lish va hurmat ko‘rsatish juda ham muhim.

Foto: AdMe

“Hindistonda odamlar bilan kelishish oson bo‘ldi. Ularning bari ochiq, samimiy va siz bilan tanishishni istaydi”, — deydi u.

Foto: AdMe

Xususiy fotograf sifatida faoliyat olib boradigan Anastasiya Dubrovina bir-biridan ajoyib suratlarni olishda va badiiy ijod qilishda davom etadi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv