Yaponiyaning Tokio shahrida Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 3-avgust, seshanba kuni musobaqaning o‘n birinchi kungi bahslari o‘tkaziladi.

Kollaj: “Daryo” / Foto: MOQ matbuot xizmati

Ushbu kunda ham o‘zbekistonlik sportchilar bir qancha turlar bo‘yicha bahslarga kirishadi. Quyida 3-avgust kuni bahslarga kirishadigan sportchilar ro‘yxati va bellashuvlarning boshlanish vaqti (Toshkent vaqti bilan) keltiriladi:

  • 5:00 — Ruslan Qurbonov — yengil atletika, uch xatlab sakrash;
  • 7:15 — Shahobiddin Zoirov — boks, -52 kg;
  • 8:00 — Elnur Abduraimov — boks, -63 kg;
  • 8:20 — Rustam Assakalov — yunon-rum kurashi, -87 kg;
  • 13:00 — Rayhona Qodirova — boks, -60 kg;
  • 15:50 — Akbar Jo‘rayev — og‘ir atletika, 109 kg.

Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!