Rassom va olim Devid A.Roberts Yer sayyorasining milliardlab yil davomidagi evolyutsiyasini o‘z ichiga oladigan to‘rt daqiqali videoni taqdim etdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Kadr: YouTube

Epik tarix kraterlarga boy favqulodda qaynoq protosayyoradan boshlangan bo‘lib, u sekin-asta barqaror dunyoga aylanib boradi. Video taxminan 3 milliard yil oldin shakllanishni boshlagan tektonik plitalarni ko‘rsatib, Yerning yassi shakliga o‘tadi.

Evolyutsiyaning vaqt shkalasi bo‘ylab harakatlangan Roberts sayyora bo‘ylab oqayotgan suvni ifodalovchi rang-barang detallarni va yuzaga ko‘tarilayotgan qit’alarni ko‘rsatadi. Video oxirida butun sayyoradagi qit’alar uzra yonib turgan yorqin olovlar namoyish etilib, dunyoni insonlar egallagani urg‘u berilgan.

Vaqt o‘tishi bilan tektonik harakatlar sezilarsiz bo‘lib qolgan, tez o‘zgarishlar davri odatdagi kun va tun sikllari bilan almashgan, insoniyat sayyora yuzasini egallashi ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyulida Tokio universiteti olimlari Yerda yangi muzlik davri taxminan 100 ming yildan so‘ng boshlanishini ma’lum qilgandi.