Samarqand viloyatida nomi ochiqlanmagan 6 karra O‘zbekiston chempioni 4 kunlik chaqalog‘ini 2,5 ming AQSh dollariga sotayotganida ushlangan. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida xabar qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Aniqlanishicha, 25 yoshli sportchi qiz o‘zi bilan birga sport mashg‘ulotiga qatnaydigan yigitdan homilador bo‘lib qolgan.

Unga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘n sakkiz yoshga to‘lmagani aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan odam savdosi) bilan aybli deb topildi va 4,5 yilga qamaldi.

Bundan avval Andijonda to‘rt oylik farzandini 5200 dollarga sotishga uringan ayolga sud hukmi o‘qilgani, Xorazmda uch nafar qizni Dubayga fohishalik qilish uchun jo‘natishga uringan shaxslar qo‘lga olingani hamda Toshkentda 1 yoshli farzandini 5 ming dollarga sotishga uringan er-xotin ushlangani haqida xabar berilgandi.