18:32, 06.08.2021 // 56924

Priyanka Chopraning Los-Anjelesdagi uyi qanday ko‘rinishga ega?

2017-yildagi MET Gala taqdirlash marosimida tanishgan Bollivud yulduzi Priyanka Chopra va amerikalik xonanda Nik Jonas 2018-yilda turmush qurgan. Pandemiya vaqtida uyda vaqt o‘tkazgan yulduzlar ijtimoiy tarmoqlarda hayotlarining tafsilotlari haqida taassurot beradigan fotolarni taqdim qilib kelgan.

Foto: “KinoTeka”

Oila qurganidan bir yil o‘tib, Priyanka va Nik Los-Anjelesning Ensino tumanidan hashamatli uy sotib olgan.

Foto: DNA India

Juftlik Instagram sahifasiga turar joyining suratini bir necha marta joylagan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular 7 ta yotoqxona va 11 ta yuvinish xonasi bor uyda istiqomat qiladi. Oppoq rangli interyer va o‘ziga xos mebel xonadonni darhaqiqat dabdabali ko‘rsatadi.

Toshdan ishlangan kamin mehmonxonaning shinamligini ta’minlaydi. Orqa hovlisidan shaharning go‘zal manzarasi ko‘rinib turadigan uy, shuningdek, sport bilan shug‘ullanadigan zalni ham o‘z ichiga oladi.

Foto: “KinoTeka”

Vogue India jurnaliga bergan intervyusida Priyanka uyi uyi haqida ma’lumot bergan. Aktrisa qayerda u o‘zini baxtiyor qilsa, sevilsa, o‘sha yer uning uyi ekanini ta’kidlagan.

Foto: DNA India

Foto: DNA India

Foto: DNA India

Foto: DNA India

“Men uchun uy, o‘zimni baxtli his qiladigan, sevgan insonlarim qurshovidagi joydir. Meni Mumbay va Nyu-York singari vertikal shaharlarda uyim bor. Los-Anjeles esa gorizontalroq”, — degan Chopra xonim.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv