Yer sayyorasi o‘z o‘qi atrofida aylanadi. Biroq aylanish to‘xtab qolsa, kinetik moment uni parchalab yuboradi. Bu haqda Vashingtondagi Smitson milliy aviatsiya va kosmonavtika muzeyining faxriy geologi Jeyms Zimbelman ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Pixabay

“Barcha narsa stoldan uchib ketadi”, — deya qo‘shimcha qiladi olim.

Yerning aylanishini to‘xtatishga qodir tabiiy kuchlar yo‘q. Ammo tadqiqotchining ta’kidlashicha, sayyora to‘satdan to‘xtab qolsa, havo, suv va tog‘larga uzatilayotgan burchak momenti global halokatga olib keladi. Obyektlar soatiga 1000 kilometrdan ortiq tezlikda harakatlanishni davom ettiraveradi. Shunday qilib, yer yuzasining bir qismi atmosferaga va hatto kosmosga uchib ketadi.

O‘z navbatida amerikalik astrofizik, yozuvchi Nil Degrass Tayson parchalangan Yer orbitada Quyosh atrofi bo‘ylab aylanishni davom ettirishini ta’kidlagan.

“Meteoritli” bombardirovka Yer qobig‘ini qizdirib, uning ko‘plab joylarini erigan tog‘ jinslariga aylantirib yuboradi. Bu Yer yuzasidagi suvning katta qismi tezda bug‘lanishiga sabab bo‘ladi. “Bug‘langan suvning bir qismi olivin kabi qattiqlashtiruvchi minerallarga singib ketishi mumkin”, — deydi Tayson.

Eslatib o‘tamiz, 2015-yilda Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi sekinlashayotgani sabab jahon vaqtiga qo‘shimcha bir soniya qo‘shilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.