10:45, 07.08.2021 // 31166

Qirollik oilasi hayotining o‘ziga xos afzalliklari

Qirollik oilasidagi hayot oddiy insonlarnikidan tubdan farq qiladi. Belgilangan qoidalar, majburiyatlardan go‘yoki odam diqqinafas bo‘lib ketadigandek, u yerdagi insonlar esa oltin qafasda yashayotgandek tasavvur bor ko‘pchilikda. Aslida esa har narsa singari qirollik oilasiga mansub bo‘lishning ham kamchiligi bilan birga afzalliklari bor.

Foto: Marie Claire

Bolalarning ko‘ngil ochishi uchun alohida shart-sharoit

Qirollik oilasining bolalari ularning ota-onalari singari muayyan, hammaning ham foydalanish imkoniyati bo‘lmagan bonuslarga ega bo‘ladi. Masalan, merosxo‘rlar 1932-yilda qirolicha Yelizavetaga sovg‘a qilingan bolalar uychasida o‘ynashlari mumkin. Ikki qavatdan iborat o‘yinchoq uyning tomi poxol bilan yopilgan. Uning ichida yoritgich, santexnikadan tashqari, oshxona ham bor.

Foto: Marie Claire

Shaxsiy stilist, qulayligi tekshirilgan poyabzal

Qirolicha Yelizavetaning grafigi hamisha band, u ancha yillardan buyon qator uchrashuvlarda, ommaviy tadbirlarda ishtirok etib keladi. Aksariyat vaqtda faol bo‘lish va tik turish talab qilingani sabab ham qulay oyoq kiyim hazrati oliyalarining garderobida eng asosiy detallardan biri hisoblanadi. Yelizaveta II shaxsiy stilisti Anjela Kellining ma’lum qilishicha, qanchalik qulayligini bilish uchun aynan u birinchi bo‘lib qirolichaning poyabzalini kiyib ko‘radi. “Hazrati oliyalarining bo‘sh vaqti kam bo‘ladi va oyoq kiyim o‘lchamimiz bir xil bo‘lgani sabab men hamisha tuflini kiyib tekshirib ko‘raman”, — deb yozilgan stilistning “Tanganing ikkinchi tomoni: Qirolicha, stilist va garderob” nomli kitobida.

Foto: Marie Claire

Tishlarni yuvish uchun ortiqcha vaqt sarflamaslik

Tish va og‘iz bo‘shlig‘ini tozalash ko‘p vaqt talab etadigandek tuyuladi. Ammo Uels shahzodasi tamoman boshqacha fikrda. Malika Diananing qo‘lida ishlagan sobiq xodim Pol Barrelning ta’kidlashicha, qirolicha Yelizavetaning to‘ng‘ich farzandi hamisha uch nafar yordamchilaridan biriga alohida ko‘rsatma bergan. Ma’lum bo‘lishicha, shahzoda Charlz ularga o‘zi vaqt yo‘qotmaslik uchun avvaldan tish cho‘tkasi ustiga taxminan 3 santimetr pasta chiqarib qo‘yishni tayinlagan.

Musiqa sadolari ostida uyg‘onish

“Budilnik” bilan uyqudan turish hammaga ham yoqavermasligi aniq. Qirolicha esa har kuni tongda bunday yoqimsizlikka duch kelmaydi. Sababi u ertalab shotland cholg‘u-asbobi sadolari ostida ko‘zlarini ochadi. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu cholg‘uni chalib, qirolichani uyg‘otadigan lavozim 1843-yildan buyon mavjud. Uning vazifasi har kuni soat tonggi 9 da Yelizaveta II derazasi ostida turib 15 daqiqa davomida musiqa chalishdan iborat.

Foto: Marie Claire

Britaniya flotidagi istalgan kemani rekvizitsiya qilish huquqi

1997-yilgacha qirolichaning ixtiyorida bo‘lgan hashamatli Royal Yacht Brittania yaxtasi 43 yil foydalanganidan keyin ekspluatatsiya hisobidan chiqarilgan. Ayni vaqtda monarx egalik qiladigan suv transporti yo‘q, ammo qonun bilan belgilangan nazariyaga ko‘ra, istalgan Britaniya floti kemasi “qirollikka xizmat” uchun rekvizitsiya qilinishi mumkin.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv