Aktyor va rejissor Antonio Banderasning Buyuk Britaniyaning Surrey shahridagi uyi sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda “Dom. mail.ru” nashri. Savills ko‘chmas mulk agentligi narxi 2,95 mln funt bo‘lgan 500 kvadrat metrlik hashamatli uyning fotosuratlarini e’lon qildi.

Foto: Savills

Turar joy katta bo‘lmagan Kobxem shahrida joylashgan bo‘lib, u aktyor ko‘chib kelishidan oldin ham mashhurlar e’tiborini tortib ulgurgan. Chunki aynan shu yerda Angliyaning “Chelsi” futbol klubining o‘quv bazasi joylashgan. Ertalab yugurishga chiqqaningizda taniqli tennischi Endi Marrey yoki futbolchi Jon Terri bilan uchrashishingiz mumkin. Shuningdek, aktyor Metyu Gud qo‘shni uyda yashaydi.

Foto: Savills

Foto: Savills

Foto: Savills

Antonio Banderas 2015-yilda ushbu ko‘chmas mulkni sotib olgan va Melani Griffit bilan ajrashganidan keyin Los-Anjelesdagi uyini xotiniga qoldirib, o‘zi bu yerga ko‘chib o‘tgan.

2017-yilda yurak xurujidan so‘ng aktyor tug‘ilib-o‘sgan vatani — Ispaniyaga qaytishga qaror qildi. “Afsuski, men avvalgidek Britaniyada ko‘p vaqt bo‘lmayapman, hozirda Malagada yashayman, u yerda Teatro del Soho nomli teatr qurganman, — deydi aktyor. — Kobxemdagi uy sotilishining asosiy sababi ham shu”.

Foto: Savills

Foto: Savills

Foto: Savills

Uch qavatdan iborat bo‘lgan besh xonali uy 2005-yilda Germaniyaning mashhur Huf House kompaniyasi tomonidan qurilgan.

Fasad oynalari va binolarning ochiq joylashuvi tufayli uyning ichki maydoni havo almashinuvini yaxshi ta’minlaydi. Uydan bog‘ning ajoyib manzarasi ko‘zga tashlanadi. Agar yanada ajoyib muhit yaratmoqchi yoki xonani qorong‘ilashtirmoqchi bo‘lsangiz, elektr pardalar yordam beradi. Banderas uyini jihozlashda pop-art uslubiga sodiq qolgan holda buyumlarni o‘zi tanlagan.

Foto: Savills

Foto: Savills

Foto: Savills

Uy 4 ming kvadrat metr maydonda joylashgan va peyzaj dizaynerlari tomonidan professional tarzda bezatilgan bog‘ bilan o‘ralgan.

Foto: Savills

Foto: Savills

Uy juda qulay va har qanday infratuzilmaga yaqin — golf maydonchalari va tennis kortlaridan tortib Veybrijdagi mashhur brendlarning butiklari joylashgan restoranlargacha. Yana bir qulaylik turar joy Londonga olib boradigan tezyurar avtomagistral yonida va vokzaldan atigi 4 km uzoqlikda joylashgan.