Har bir ulkan loyihalarning qiymati milliardlab dollarga baholanadi. Ularning ko‘lami va hajmi insonlarni hayratda qoldiradi. Dunyodagi eng yirik va eng qimmat loyihalar bilan tanishing.

Buyuk Seto ko‘prigi, Yaponiya – 75 000 000 000 dollar

Foto: Travel Ask

Bu 13 kilometr uzunlikdagi 11 ko‘prikli tizim bo'lib, u Yaponiyaning ikkita orolini – Xonsyu va Sikokuni bo‘ylab, ichki dengizni kesib o‘tadi. Ko‘prik 1998-yilda qurilgan, u ikki qavatdan iborat. Ularning birida poyezdlar, ikkinchisida esa mashinalar harakatlanadi. Ko‘prik, shuningdek, velosiped, piyoda yo‘llari uchun mo‘ljallangan va hatto kelajakda tezyurar poyezdlar uchun qayta jihozlanish imkoniyatiga ega.

Kaliforniya tezyurar temiryo‘li, AQSh – 77 000 000 000 dollar

Foto: Travel Ask

Ushbu loyiha San-Fransisko, Los-Anjeles, Sakramento va San-Diyego kabi yirik shaharlarni bog‘laydi. Loyiha 2008-yilda ishga tushirilgan va uni 2016-yilga qadar tugatilishi kerak edi, biroq ko‘prik shu qadar qimmat va ko‘p vaqt talab qilganki, uni tugatish muddati 2033-yilga ko‘chirilgan. Qurilish bosqichida uni yopish ehtimoli katta, chunki 77 milliard dollar sarmoya yetarli emas, xomashyo va ishchi kuchi narxi kundan kunga o‘sib bormoqda.

Al-Maktum xalqaro aeroporti, BAA – 82 000 000 000 dollar

Foto: Travel Ask

Aeroport 2010-yilda ochilgan, lekin u hali ham qurilishda davom etmoqda va oxirgi ishlar 2027-yilga rejalashtirilgan. Al-Maktum dunyodagi eng katta aeroport bo‘lishi kutilgan edi. Uning maydoni taxminan 5 kilometr² ni tashkil etadi va transport markazining o‘zi ko‘chalar, do‘konlar, mehmonxonalar, restoranlar va ekskursiya xizmatlari bo‘lgan kichik shaharchaga o‘xshaydi. Ayniqsa, terminallarni bog‘laydigan va vaqtni tejaydigan temir yo‘l liniyalarining qurilishi qimmatga tushdi.

Dehli-Mumbay sanoat koridori, Hindiston – 100 000 000 000 dollar

Foto: Travel Ask

Loyiha infratuzilmaning to‘liq o‘zgarishi va yuqori texnologiyali zavod va korxonalar qurilishi bilan Hindistonning ikkita yirik shahrining sanoatini rivojlantirishdan iborat. Bu Hindiston hukumatining mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish yo‘lidagi qadamlaridan biridir.

O‘rmon shahri, Malayziya – 100 000 000 000 dollar

Foto: Travel Ask

Bu 2040-yilga qadar qurilishi kerak bo‘lgan to‘rtta sun’iy orolda qurilgan orzular shahri. Garchi tahlilchilar dunyodagi shahar taqdirini bashorat qilsa-da, mamlakat ma’muriyati kelajakka umid bilan qaraydi va osmono‘par binolar, ko‘priklar va yo‘llar qurishda davom etmoqda. Shaharning asosiy xususiyati o‘rmonlardagi kabi ko‘kalamzorlarning ko‘pligi bo‘ladi.

Al-Haram masjidi, Makka, Saudiya Arabistoni – 100 000 000 000

Foto: Travel Ask

Bu dunyodagi eng katta masjid va butun islomning markazi, hovlisida Ka’ba – islomning asosiy ziyoratgohi joylashgan. Bu birinchi qurilgan masjid bo‘lsa-da, lekin keyinchalik u bir necha bor qayta ishlangan va kattalashtirilgan. Oxirgi rekonstruksiya 2007—2015-yillarda bo‘lib o‘tdi va investitsiya qilingan mablag‘ qo‘shimcha minoralar, darvozalar qurilishi va maydonlarni rivojlantirishga ketdi. Endi masjid bir vaqtning o‘zida 2,5 million kishini sig‘dira oladi.

HS2 tezyurar temiryo‘li, Buyuk Britaniya – 128 000 000 000

Foto: Travel Ask

Mamlakat aholisi anchadan buyon asosiy vositalar va moliyaviy mablag‘lar Londonga oqib kelayotganidan, boshqa yirik shaharlar esa ahvolga tushib qolganidan xavotirda. Hukumat bu muammoni hal qilish uchun sayyohlar va ishbilarmonlarni bir necha soat ichida Lids yoki Manchester kabi yirik shaharlarga olib boradigan yangi tezyurar temiryo‘l qurishga qaror qildi. Birinchi qatnovlar 2031-yilda, oxirgi qurilishi esa 2040-yillarga rejalashtirilgan.

Ipak shahri, Kuvayt – 132 000 000 000 dollar

Foto: Travel Ask

Ular bu shaharni 25 yilda qurib, foydalanishga topshirishga va’da bergan. Bu vaqtga kelib, u yangi Sharq uslubida zamonaviy osmono‘par binolar, minoralar, ko‘ngilochar va iqtisodiy markazlar, shuningdek, cho‘l qo‘riqxonasi bo‘lgan zamonaviy biznes va sayyohlik markazi bo‘ladi. Shahar 250 kvadrat kilometr maydonni egallaydi, u 700 ming kishini sig‘dira oladi. Loyiha 4 bosqichga bo‘lingan va ayni paytda birinchi sayyohlarni qabul qilishni boshlash va moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun qirg‘oq chizig‘i faol ravishda ishlab chiqilmoqda.

Xalqaro kosmik stansiya – 165 000 000 000 dollar

Foto: Travel Ask

Bu eng ajoyib loyihalardan biri edi. XKS 20 yildan ortiq vaqtdan beri faoliyat yuritib kelmoqda va o‘z hayotini fazo va uning chegaralarini o‘rganishga bag‘ishlagan ko‘plab astronavtlar uchun vaqtinchalik uydir. Xuddi shu rasmlarda stansiyaning ichkaridan qanday ko‘rinishini bilib olish mumkin.

Neom, Saudiya Arabistoni – 230 000 000 000 dollar

Foto: Travel Ask

Bu nom “kelajak shahri” bilan bog‘liq. Sayohatchilarni jalb qilish uchun arablar hech narsani ayamadilar va haqiqiy ko‘ngilochar shaharni yaratishni rejalashtirmoqda, bu yerda har qadamda hayajonli narsa kutib turadi. Qurilishning birinchi bosqichi 2030-yilda yakunlanishi rejalashtirilgan.

Fors ko‘rfazi temiryo‘li – 250 000 000 000

Foto: Travel Ask

Bu loyiha Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va Kuvayt kabi Fors ko‘rfazidagi barcha 6 mamlakatni birlashtiradi. 2025-yilga kelib, Finlyandiya qurilish kompaniyasi mamlakatlarning barcha markaziy shaharlari va poytaxtlarini bog‘laydigan 1350 kilometr yo‘l qurishni rejalashtirmoqda. Bu yo‘lovchi va yuk tashish uchun yangi imkoniyatlar ochilishiga, shuningdek, 80 ming kishini doimiy ish bilan ta’minlashga yordam beradi.

Shaharlarni yangilash loyihasi, Turkiya – 400 000 000 000

Foto: Travel Ask

Mamlakatda yuz yillar davomida mavjud bo‘lgan shaharlar bor, lekin ular tarixiy qiymatiga qaramay, aholi uchun muammo tug‘diradi, chunki eski binolar zamonaviy odamlarning ehtiyojlarini qondirmaydi. Turkiya hukumati bir qancha shaharlarni qayta qurish uchun mablag‘ ajratdi, shunda ular nafaqat tarixiy qiyofasini, madaniy ahamiyatini saqlab qoladi, balki aholi va sayyohlar uchun yanada qulayroq bo‘ladi. Loyihaga ko‘ra, quruvchilar har yili 500 ta obyektni tayyorlab topshiradi.