14-avgust kuni Kaliforniyada o‘tkaziladigan auksionda 64 nusxada ishlab chiqarilgan Lexus LFA Nürburgring Package kupeleridan biri sotuvga qo‘yiladi. Ushbu model “24 soat Nyurburgring”dagi LFA poygalari sharafiga yaratilgan va yaxshilangan aerodinamikasi hamda kuchli dvigateli bilan ajralib turadi. Hozirga qadar 1,5 ming kilometr yo‘l bosgan qora sportkar million dollarga baholanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Sotheby’s

Lexus LFA Nürburgring Package modeli ilk bor 2010-yilda taqdim etilgan. Nyurburgring poyga trassasi sharafiga yaratilgan sportkar uglerod toladan ishlangan ko‘p sonli eksteryer elementlari bilan ajralib turgan. Muhandislar old splitter, orqa antiqanot, shuningdek, old bamperning “qanotlari”ni karbondan ishlagan. Sportkarga magniyli BBS g‘ildiraklari kiygizilgan, yangi gaz chiqarish tizimi o‘rnatilgan, bundan tashqari, uning poyga “podveska”si umumiy og‘irlik markazining kamayishiga va avtomobil boshqaruvchanligini yaxshilashga xizmat qiladi.

Foto: Sotheby’s

Yapon mutaxassislar bu kabi eksklyuziv sportkardan 64 nusxa yaratgan bo‘lib, ularning 25 tasi AQSh hududida olib kelingan. Lotning noyobligi shundaki, uning interyeri qora rangli alkantara va karbon elementlaridan ishlangan. Mutlaq qora Lexus LFA Nürburgring Package’ni uch nafar amerikalik xarid qilishga muvaffaq bo‘lgan. Avtomobillarning aksariyati yoriq sariq yoki oq rangga bo‘yalgan.

Foto: Sotheby’s

Sportkar 571 ot kuchi va 480 Nm aylanuvchi momentni taqdim etishga qodir 4,8 litrli V10 dvigateli yordamida harakatga keladi. Agregat olti pog‘onali Aisin “robot” uzatmalar qutisi yordamida boshqariladi. Soatiga 100 kilometr tezlikka sportkar 3,6 soniyada erishadi, maksimal tezligi — 325 kilometr/soat.

Ayni vaqtda seriyali Lexus LFA Nürburgring Package’ning narxi 445 ming dollarni tashkil etadi. Savdolar davomida eksklyuziv sportkarni million dollarga sotish rejalashtirilgan.

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s

Foto: Sotheby’s