Aksariyat yulduzli juftliklar suratga olish maydonchasida tanishgan va hayot yo‘lini bog‘lagan. Ularning bir-biriga ko‘ngil qo‘yishiga, albatta, suratga olinayotgan filmlar sababchidir.

Rayan Filipp va Riz Uizerspun

Foto: “Kinorium”

“Shafqatsiz o‘yin” filmida Rayan Filipp va Riz Uizerspun va’daboz va uning “qurboni” bo‘ladigan sodda qizning rolini o‘ynaydi. Filmni suratga olish ishlari yakunlanganda ular nafaqat haqiqiy hayotda uchrashishni boshladi, balki turmush ham qurdi. Biroq mish-mishlarga ko‘ra, bu go‘zal juftlik Rayanning muvaffaqiyatga erisholmagani va u uyning asosiy daromadchisi bo‘lmaganligi sababli ajralishdi. Oddiy qilib aytganda, Rayan ichkilikka berilgan va Uizerspun bunga toqat qilolmagan.

Vensan Kassel va Monika Beluchchi

Foto: Cosmopolitan

Chiroyli va ajoyib sujetga ega “Xonadon” deb nomlangan film. Erkak sirli ravishda hayotidan g‘oyib bo‘lgan sobiq sevgilisini topishga harakat qiladi. Ushbu filmni hech bo‘lmaganda Kassel-Belluchchi dueti tufayli tomosha qilish kerak. Ular suratga olish maydonchasida uchrashdi va ko‘p yillar davomida jahon kinematografiyasidagi eng yorqin juftliklardan biri bo‘lib qoldi.

Jonni Depp va Ember Xyord

Foto: “Kinoteka”

Bir vaqtlar Jonni Depp va Vanessa Paradi birgalikda yashab, farzand ham ko‘rgandi. Lekin Jonni Ember Xyord bilan “Rim kundaligi” filmini suratga olish maydonchasida tanishdi. Ushbu juftlikning oila qurishi shov-shuvlarga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajrimi undan ham ko‘ra ko‘proq ovoza bo‘ldi.

Nikol Kidman va Tom Kruz

Foto: Cosmopolitan

“Momaqaldiroq kunlari” bilan yana bir yorqin juftlik – Nikol Kidman va Tom Kruzning romantikasi boshlandi. Ular oila qurgach, ikki nafar farzand asrab oldi, ammo turmushi ajrim bilan yakunlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning oilasida kelishmovchiliklar bo‘lgan, shuningdek, aktyorning diniy e’tiqodi Nikolga xalaqit bergan.

Jud Lou va Sienna Miller

Foto: Cosmopolitan

Suratga olish vaqtidayoq qahramonlar o‘rtasida chinakam muhabbat paydo bo‘lgan. Ular ham turmush qurdi, ammo bu uzoqqa cho‘zilmadi. Haqiqat shundaki, Jud birinchi turmushidagi farzandlarini yashirgan edi. Lekin oradan uzoq vaqt o‘tmay, ular yana birlashdi. Afsuski, bu safar ham uzoqqa emas.

Bred Pitt va Anjelina Joli

Foto: Cosmopolitan

Bred Pitt va Anjelina Joli er-xotin maxsus agent rolini o‘ynab, uchrashishni boshladi. Mish-mishlarga ko‘ra, Pitt avval Eniston bilan ajrashgan, keyin esa Joli bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Ammo chiroyli juftlik to‘ydan ikki yil o‘tib ajraldi.

Endryu Garfild va Emma Stoun

Foto: “Kinoteka”

Aktyor Endryu Garfild aktrisa Emma Stounni o‘z qahramoni singari nafaqat ekranda, balki hayotda ham o‘ziga tortdi. Ammo ular ham yuqoridagi yulduzlar singari uzoq vaqt birga bo‘lmadi.

Penelopa Krus va Xavyer Bardem

Foto: “Kinoteka”

Penelopa Krus va Xayver Bardem Vudi Allen filmida g‘aroyib juftlik rolini o‘ynagan, shundan so‘ng ular orasida ishqiy munosabatlar boshlangan. Ammo ular o‘z munosabatini odamlarga ko‘z-ko‘z qilmagan. Va faqat 2010-yilda, Kann kinofestivalida Xayver sahnadan Penelopaga murojaat qilib, shunday dedi: “Men sendan qarzdorman. Seni juda qattiq sevaman”. Ispaniyada ular qirollik juftligiga qaraganda ancha mashhur va ajablanarlisi shundaki, ular hali ham birga!

Jennifer Lopes va Ben Afflek

Foto: “Kinoteka”

Juftlik “Jili” filmidan so‘ng oila qurish borasida bir qarorga kelgach, ommaga million dollarlik pushti olmos uzukni ko‘rsatib, o‘z nikohlarini nishonladi, ularga muxlislar tomonidan “Bennifer” laqabini berilgan. Ammo to‘y tadbirdan bir kun oldin bekor qilindi va film Gollivuddagi eng haqoratli mukofot – “Oltin malina”ni oldi.

Chenning Tatum va Jenna Duan

Foto: “Kinoteka”

Dam olish va chiroyli raqsni tomosha qilishni istaganlar uchun “Olg‘a qadam” – Chenning Tatum va Jenna Duanni tomosha qilish tavsiya etiladi. Juftlik 2018-yilda ajrashgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Afsuski, bu haqiqat bo‘lib chiqdi. Aytishlaricha, ajralishning sababi — Tatumning Nyu-Yorkka ko‘chib, teatr bilan shug‘ullanish istagi bo‘lgan, Jennaning esa Los-Anjelesda yaxshi karyerasi bo‘lgan va unga bu g‘oya yoqmagan.