Aftidan, Silvestr Stallone qora kunlarni boshdan kechirmoqda, chunki uning rejissorlik ishlari u xohlagandek silliq ketmayapti. Shu kunlarda Gollivud aktyori Los-Anjelesdagi hashamatli uyini qayta sotuvga qo‘ydi va narxini darhol 25 million dollarga tushirdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, yil boshida Shimoliy Beverli-Parkning nufuzli hududida joylashgan ushbu mulk 110 million dollarga baholangan edi.
Foto: Shutterstock
Turar joyda oltita yotoqxona, bir necha kishilik mehmonxona, suzish havzasi, spa-salon, ijodiy ustaxona, golf uchun mo‘ljallangan maysazor, veranda va sakkizta avtomobil sig‘adigan garaj bor. Silvestr Stallone hududi 1,2 gektar maydonga ega bo‘lgan bu uyni 1998-yilda rafiqasi Jennifer Flavin bilan birgalikda sotib olgan.
Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock
Bundan tashqari, katta uy kinoteatri, sport zal va havo filtrlash tizimiga ega maxsus chekish xonasi mavjud. Har bir xonadan shaharning go‘zal manzarasi ko‘rinib turadi.
Foto: Shutterstock
O‘rta Yer dengizi uslubidagi mazkur uy loyihasi ustida mashhur me’mor Richard Landri ishlagan.
Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock
Foto: Shutterstock
Avvalroq kino tarixidagi eng muvaffaqiyatli aktyor Silvestr Stallone ekanligi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
- Arnold Shvarsenegger va Silvestr Stallone bir yil deganda ilk bor ko‘rishdi
- Qirolicha Yelizaveta II tomonidan Vindzorlarga hadya qilingan hashamatli uylar (foto)
- Aktyor va rejissor Antonio Banderasning 412 ming dollarlik hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi (foto)
- Priyanka Chopraning Los-Anjelesdagi uyi qanday ko‘rinishga ega?