Futboldagi ijodkorlik nafaqat futbolchilar va murabbiylarga, balki o‘yinchilarga o‘ziga xos laqablarni o‘ylab topish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydigan muxlislarga ham xosdir. Quyida muxlislar tomonidan futbolchilarga berilgan g‘aroyib va o‘ziga xos laqablar haqida fikr yuritamiz.

Ronaldo — “so‘yloq”. Braziliyalik hujumchini muxlislar tishlarining o‘ziga xos tuzilishi sabab erkalash ohangida shunday atagan.

Foto: Getty Images

Ronaldinyo — “sehrgar”. Kichik Ronaldo, ya’ni Ronaldinyo o‘zining aql bovar qilmas harakatlari orqali “sehrgar” nomini olgan.

Foto: Getty Images

Franchesko Totti — “Rim imperatori”. Totti haqida gap ketganda istalgan futbol muxlisi birinchi navbatda “Roma” va ko‘hna Rimni eslaydi. Franchesko esa butun faoliyatini ushbu klub va shaharda o‘tkazgan.

Foto: Getty Images

Krishtianu Ronaldu — “mashina”. Portugaliyalik daho o‘zining professionalligi va barqarorligi bilan ushbu e’tirofga loyiq ko‘rilgan. Shuningdek, “Sporting”da o‘ynagan kezlari uni “yig‘loqi” deb ham atashgan. O‘shanda Ronaldu jamoasining har bir mag‘lubiyatini og‘ir qabul qilardi va ko‘z yoshlarini berkitib o‘tirmasdi.

Foto: “Yuventus”

Toni Kross — “professor”. Sovuqqonlik borasida zamonaviy futbolda Krossga teng keladigan o‘yinchi bo‘lmasa kerak. Germaniyalik uzatmalarni shu qadar aniq amalga oshiradiki, go‘yo u hammasini oldindan hisoblab chiqqandek.

Foto: Twitter

Pepe — “telba”. Ziyrak futbol muxlislari biladiki, Pepe hech qachon qo‘pol o‘ynashdan uyalmagan, va aksincha u buni zavq bilan amalga oshiradi.

Foto: Marca

Messi — “burga”. Aslida Messiga nima sababdan ushbu laqab berilganiga ortiqcha izoh berish shart emas. Shunga qaramay yana bir bor eslatib o‘tish zarar qilmaydi: to‘p bilan harakatlanayotgan vaqtda Leoni ushlab bo‘lmaydi.

Foto: Getty Images

Karles Puyol — “Tarzan”. “Barselona”ning afsonaviy himoyachisi soch turmagi va harakatlari asar qahramonidan farq qilmasdi.

Foto: Marca

Jennaro Gattuzo — “pitbul”. Gattuzo maydon markazida shu qadar jon-jahdi bilan o‘ynardiki, uni aldab o‘tish deyarli imkonsiz edi.

Foto: Goal

Filipp Lam — “mehnatkash chumoli”. Faoliyati davomida umuman qizil kartochka olmagan Lam maydonda tinimsiz yugurardi, hatto to‘p maydondan chiqib ketgan vaqtda ham.

Foto: Twitter

Frank Riberi — “chandiqli kishi”. Riberi ikki yoshida oilasi bilan birga avtohalokatga uchraydi va to‘qnashuv oqibatida yuziga chandiq tushadi. Keyinchalik unga plastik jarrohlik amaliyoti o‘tkazishni taklif qilinadi. Biroq Riberi chandiq unga kuch bag‘ishlashini aytib, bundan bosh tortgan.

Foto: Getty Images

Ueyn Runi — “Shrek”. Angliya futboli afsonasi o‘ziga berilgan laqabdan xursand bo‘lmasligi aniq.

Foto: Getty Images

Xavyer Ernandes — “Chicharito”. Ernandesning otasining laqabi “Chicharo”, ya’ni no‘xat bo‘lgan. Shuning uchun futbolchiga bolaligida “Chicharito” (“no‘xat bolakay”) nomi beriladi.

Foto: Twitter

Xavyer Zanetti — “traktor”. Argentinalik himoyachi har doim maydonda o‘zining eng kuchli sifatlarini namoyon etgan: chidamlilik, kuch va eng og‘ir mehnatlarni qiluvchi.

Foto: Twitter

Mezut O‘zil — “Nemo”. O‘z vaqtida maydondagi nafis harakatlar va assistlar qiroli bo‘lgan O‘zilning multfilm qahramoniga o‘xshashi ko‘pgina hazillarga sabab bo‘ladi.

Foto: Google Images

Edinson Kavani — “El-Matador”. Kavaniga esa jismoniy imkoniyatlari va o‘zini tutishi sabab “buqalar ovchisi” laqabi berilgan.

Foto: Twitter

Oliver Kann — “Gorilla”. Germaniyalik afsonaviy darvozabon maydonda na raqiblarini va na jamoadoshlarini ayagan. Uning tashqi ko‘rinishi esa hatto hujumchilarni ham cho‘chitgan deyish mumkin.

Foto: Twitter