Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalari sotuvga chiqarildi. Bu haqda regulyator matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Markaziy bank

Tangalarni tijorat banklarining filiallaridan xarid qilish mumkin.

Esdalik tangalarining sotuvi yo‘lga qo‘yilgan tijorat banklari filiallarida belgilangan tartibda qaytarib sotib olish amalga oshiriladi.

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Foto: Markaziy bank

Spot’ning yozishicha, mazkur tangalari narxi 30-avgust kuni ular savdoga chiqqach ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, mart o‘rtalarida O‘zbekiston Markaziy banki buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligiga bag‘ishlab oltindan tayyorlangan esdalik tangalari va suvenirlar to‘plamlari sotuvga chiqargandi. Ayni vaqtda ularning narxi 12,7 dan 98,9 million so‘mgacha.

Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan og‘irligi 5, 10, 20 va 50 gramm bo‘lgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuvga chiqarilgan. Oltin quymalarning qadog‘i sertifikat vazifasini bajaradi va o‘z seriya raqamiga ega bo‘ladi.