Bir necha kun oldin taqdim etilgan ikkinchi avlod Mercedes-Benz Citan’ning sayohatlar uchun mo‘ljallangan versiyasi paydo bo‘ldi. Mashinani kemperga aylantirishga VanEssa firmasi tomonidan yaratilgan seksiyali mebel yordam bergan — bu safar oshxonasi va ikki kishiga mo‘ljallangan yotoq tizimi. Mitti “g‘ildiraklar ustidagi uy”ning premyerasi Düsseldorf Caravan Salon ko‘rgazmasida bo‘lib o‘tgan, deb xabar beradi Motor.

Foto: Mercedes-Benz

VanEssa’ning seksiyali modullari yordamida Mercedes-Benz Citan oshxona va ikki kishiga mo‘ljallangan to‘laqonli yotoq joyiga ega ixcham kemperga aylanadi. Oshxona surilma qutilar tizimiga asoslangan: bu yerda gaz plitasi, 13 litrli suv “baki”ga ega yuvish joyi, kichkina muzlatkich va idish-tovoqlarni saqlash uchun g‘aladonlar mavjud. Butun blok og‘irligi 60 kilogrammga yetadi va bir necha daqiqalar ichida o‘rnatiladi.

Foto: Mercedes-Benz

Foto: Mercedes-Benz

Yotoq joyi ham xuddi shu kabi prinsipga asoslangan. Karavot yukxonaga joylashtiriladi, zarurat tug‘ilganida bir necha oddiy harakatlar bilan yoyiladi va old o‘rindiqlarga qadar bo‘lgan joyni egallaydi. Uning o‘lchamlari — 115 ga 189 santimetr.

Foto: Mercedes-Benz

Foto: Mercedes-Benz

Foto: Mercedes-Benz

Foto: Mercedes-Benz

Düsseldorf Caravan Salon’da yana ikkita premyera bo‘lib o‘tgan. Renault kompaniyasi marka katalogida 2022-yilning boshida paydo bo‘ladigan Trafic SpaceNomad kempervenini, Dembell firmasi esa Mercedes-Benx Actros bazasidagi motorxoumini taqdim etgan.

Avvalroq Volkswagen kompaniyasi Caddy modelining safarda kerak bo‘ladigan palatkaga ega versiyasini tayyorlagani, Mercedes-Benz Sprinter modeli Maybach’dan ham qimmat turuvchi avtouyga aylantirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.