Facebook Marketplace orqali 2006-yilda ishlab chiqarilgan uch g‘ildirakli ZAP Xebra avtomobili sotildi. Bu Amerika hukumatining talabi bilan utilizatsiya qilingan ushbu modeldagi elektrokarlar orasida omon qolgan yagona nusxa hisoblanadi. Elektrokar 850 dollarga sotilgan bo‘lib, bu pulga zamonaviy smartfon beradi. Mashinaning bu kabi arzonligi uning harakatlanishga yaroqsiz holga kelib qolgani, saloni chiqindilarga to‘la ekani, markaziy tonneli olib tashlangani bilan izohlanmoqda, deb xabar beradi Motor.

Foto: Facebook Marketplace

Uch g‘ildirakli siti-kar — Xitoyning Shandong va Kaliforniyaning ZAP (Zero Air Pollution) markalari tomonidan 2006—2009-yillar oralig‘ida ishlab chiqarilgan. Elektrokar 6,7 litrli elektromotor yordamida harakatga kelib, bir marta quvvatlanish orqali u 65 kilometrga yaqin yo‘l bosishga qodir. AQShda Xebra ilk bor paydo bo‘lgan vaqtida 10,5 ming dollarga sotilgandi.

Foto: Facebook Marketplace

2013-yilda Xebra’ning tormoz tizimida jiddiy muammolar borligi aniqlangan va mashinalarni chaqirib olish orqali kompaniya buni hal eta olmagan. Amerika hukumati avtomobil ishlab chiqaruvchidan 700 ga yaqin elektrokarni sotuv olishni talab qilgan. ZAP mashina egalariga 3100 dollar miqdorida kompensatsiya va’da qilgan va to‘plangan Xebra’larni utilizatsiyaga yuborgan. Ammo aftidan, bitta mashina baribir omon qolgan ko‘rinadi.

Foto: Facebook Marketplace

ZAP Xebra — dunyodagi eng arzon elektrokar emas. Ushbu nom Xitoyning Changli modeliga tegishli bo‘lib, uning narxi 930 dollarni tashkil etadi va u karton qutida yetkazib beriladi.

Foto: Facebook Marketplace

Foto: Facebook Marketplace

Foto: Facebook Marketplace