SpaceX kompaniyasiga tegishli yuk tashishga mo‘ljallangan Cargo Dragon kosmik kemasi Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) muvaffaqiyatli uchirildi. Parvoz Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi kosmodromdan Falcon 9 raketa-tashuvchisi yordamida amalga oshirilgan. Bu haqda NASA’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Twitter / NASA

Startdan 12 daqiqa o‘tib, havo ekmasi tashuvchining birinchi bo‘g‘inidan ajralgan va mustaqil parvozni boshlagan. Shundan so‘ng Cargo Dragon Yer orbitasiga chiqib, XKS tomon uchishni boshlagan. Rejaga ko‘ra, stansiyaga ulanish 30-avgust kuni sodir bo‘ladi.

O‘z navbatida SpaceX kompaniyasining ma’lum qilishicha, ko‘p martalik Falcon 9 raketa-tashuvchisi startdan 7 daqiqa 38 soniya o‘tgach, Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga vertikal qo‘nishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan. Ko‘p martali raketa bo‘g‘inidan to‘rtinchi marta foydalanilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hisob bo‘yicha bu Cargo Dragon’ning XKSga 23-parvozi bo‘lib, u NASA va Ilon Maskning SpaceX kompaniyalari shartnomasi asosida amalga oshirilyapti.

Ta’kidlanishicha, kosmik yuk kemasi stansiyaga 3,3 tonna oziq-ovqat, shuningdek, ilmiy tajribalar uchun qurilma va materiallarni yetkazib beradi. Kemaning modifikatsiya qilingan varianti XKS’ga uchinchi parvozini amalga oshirayotgan bo‘lib, unga 20 foiz ko‘proq yuk sig‘adi va avtonom rejimda stansiyaga ulanishga qodir.

Avvalroq NASA noqulay ob-havo sharoiti sabab Falcon 9 raketasining parvozini kechiktirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.