Namangan viloyati Pop tumanida Nexia piyodani urib yubordi, deya xabar qilmoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021-yil 28-avgust kuni soat 21:15 larda, Pop–Iskovut yo‘lining 3 kilometrida, Pop tumani “Iskovut” MFY hududida, Namangan shahrida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan fuqaro Nexia’ni boshqarib borayotib, harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Pop tumanida yashagan, 1995-yilda tug‘ilgan ayolni urib yuborgan.

Piyoda olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Ushbu holat bo‘yicha Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 28-avgust kuni Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.