Subaru va Toyota kompaniyalari Yaponiyadagi korxonalarining ish jadvaliga o‘zgartirish kiritadi. Subaru mamlakatdagi barcha zavodlarini to‘rt kunga yopadi. Toyota esa sentabr davomida 15 ta koroxonasi eshiklarini yopishga majbur bo‘ladi: bu kabi chora natijasida marka rejadagidan 140 mingta kam avtomobil ishlab chiqaradi, deb xabar beradi Motor.

Foto: Depositphotos

7—10-sentabr kunlari Subaru Gumma prefekturasidagi turli avtomobillarni yig‘ish bilan shug‘ullanuvchi zavodi hamda dvigatel va transmissiyalar ishlab chiqaruvchi Oidzumi polyolkasidagi fabrikasini to‘xtatadi. Kompaniya 2021-yilda bu kabi choralarni birinchi bor qo‘llashi emas: Subaru mashinasozlik zavodi aprelda 13 kunga yopilgandi. Mazkur qaror boshqa davlatlardagi zavodlarga ham taalluqli yoki taalluqli emasligi noma’lum.

O‘tgan yili Toyota elektron ehtiyot qismlar taqchilligiga qaramay ishlab chiqarishni odatdagi tempda ushlab turishga muvaffaq bo‘lgandi. Buning barchasiga Fukusima atom elektron stansiyasida 10 yil oldin sodir bo‘lgan avariyadan so‘ng, kompaniya ehtiyot qismlarni katta miqdorda to‘plashni yo‘lga qo‘ygani sabab erishilgan.

Biroq endilidak Toyota ham ehtiyot qismlar yetishmayotgani va ishlab chiqarish rejadagidan 40 foizga qisqarganini e’lon qildi. Taqchillikdan tashqari, qarorga Janubi-sharqiy Osiyoda koronavirus bilan kasallanish holatlari ortayotgani ta’sir ko‘rsatgan.

Avvalroq Yaponiyada Toyota Harrier’ni xarid qilmoqchi bo‘lganlar navbati 1,5 yilga cho‘zilib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi.