Taniqli qo‘shiqchi Enrike Iglesias o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali Final nomli albomi karyerasidagi so‘nggi musiqiy albomga aylanishi mumkinligini e’lon qildi, deb xabar beradi PeopleTalk.

Foto: Getty Images

“Balki bu mening so‘nggi albomim bo‘lar”, — deydi muxlislar savoliga javob bergan Enrike. “Bu so‘nggi oylar davomida o‘ylagan narsam emas. Bu haqda bir necha yildan beri o‘ylab kelaman”, — deya tan olgan qo‘shiqchi.

O‘zining Riki Martin va Sebastyan Yatra bilan amalga oshiriladigan turini targ‘ib qilar ekan, Enrike taqdim etiladigan plastinkaga oid ayrim ma’lumotlarni oshkor qildi: “1- va 2-tomlar bo‘ladi, ammo ular yakuniy”, — deydi Iglesias. “Bilmayman. Hozirda hayotimning albom taqdim etish kerakligi bobida turibman va bu haqida 2015-yildan beri o‘ylayman”.

Shu bilan birga, Enrikening ta’kidlashicha, u musiqa sohasidan butunlay ketish niyatida emas. Qo‘shiqchi turli kompozitsiyalar yozishni davom ettiradi, ammo ularni kim va qanday usulda ijro etishi noma’lum: “Qo‘shiqlar albomga joylanishi majburiy emas. Shunday ekan mazkur loyiha men uchun muhim”, — deydi Enrike.