14:53, 13.09.2021 // 35083

Unashtiruvini e’lon qilgan Britni Spirs brilliant uzugini muxlislariga ko‘rsatdi

O‘n yildan ko‘proq otasining vasiyligi ostida bo‘lgan va ozodlikka erishish arafasida turgan xonanda Britni Spirs shaxsiy hayotida ham o‘zgarish qilishga qaror qildi.

Foto: Elle

Qo‘shiqchi Instagram’dagi sahifasi orqali unashtiruvini e’lon qildi. U yaqin orada model va fitnes bo‘yicha trener Sem Asgari bilan turmush qurishi mumkin. Qaylig‘i bilan birga ko‘rinish berib, brilliantdan ishlangan uzugini muxlislariga ko‘z-ko‘z qilgan Spirs videoga izoh sifatida bunga ishonmayotganini yozib qoldirgan.

Foto: Elle

Ushbu zargarlik buyumi Forever Diamonds NY brendi dizayneri Roman Malayev tomonidan taqdim qilingan. Uzuk 4 qirotlik tosh bilan bezalgan.

Britni bo‘ynidagi choker, qizil french manikyuri hamda yangi soch turmagi bilan ko‘rinish bergan. Sochlarining uchini qirmizi rangga bo‘yab, nomiga jingalak qilgan.

2016-yildan buyon munosabatda bo‘lgan juftlik Slumber Party qo‘shig‘ining klipida tanishgan. Britni hayotidagi qiyinchiliklar vaqtida Sem hamisha uning yonida bo‘lib, qo‘llab-quvvatlagan. Avvalroq Britni Spirsning otasi qiziga vasiylik qilishdan voz kechish uchun 2 million dollar talab qilgani haqida xabar berilgandi.

Eng ko‘p o‘qilgan

Qidiruv