Xonanda karyerasi gullab-yashnab, cho‘qqiga chiqqan vaqtda bo‘lajak rafiqasi bilan uchrashgan. U boshqa yulduzlardan farqli o‘laroq, mashhurlikka mutlaqo boshqacha munosabatda bo‘ldi.

Foto: Pinterest

Yura bolaligida uydan qochib ketgan. Chunki piyonista hamda uni yoqtirmagan o‘gay otasi, keyin o‘z xolasining uyida qolishni xohlamagan. Yura 11 yoshga to‘lganida onasi yurak yetishmovchiligidan vafot etdi, afsuski, otasi unga g‘amxo‘rlik qilmadi. Shunday qilib, taqdiri bolalar uyida davom etgan Shatunov keyinchalik mamlakatning eng katta sahnalarida paydo bo‘ldi.

Foto: Pinterest

Yura buning uchun Orenburg shahridagi 2-sonli maktab-internatida musiqa guruhiga dars bergan Sergey Kuznetsovga minnatdorlik bildiradi. U avval qo‘shiqlar yozib, uzoq vaqt davomida o‘quvchilar orasida ularni ijro eta oladigan odamni qidirgan. Albatta, Sergey Shatunovni dastlab yoqtirmagan, shuningdek, u ham musiqadan ko‘ra futbolga ko‘proq qiziqardi.

Foto: “ria.ru”

Ammo Kuznetsov Yurani birinchi qo‘shiqlarni yozib olishga va ularni mahalliy diskotekalarda ijro etishga ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. Bo‘lajak “Laskovogo maya” taronalarining aksariyati 1986–1988-yillarda, solistlar hali ham bolalar uyida yashaganda yozilgan.

Foto: Pinterest

O‘n besh yoshli Yura Shatunov oyiga qirqta konsert beradigan guruhning bosh ijrochisi edi. U o‘zi bilan nima ro‘y berayotganini chindan ham tushunmadi, lekin, albatta, bu bolalar uyida qolishdan ko‘ra yaxshiroq edi.

Mamlakat bo‘ylab hamma “Sedaya noch”ni kuyladi, Shatunov ommani qoyil qoldirgandi, u konsertlarda sahnaning o‘zidayoq muxlislar qurshovida qolib ketardi. “Men hech qachon naqd pul ko‘rmaganman,— deydi u o‘sha paytlar haqida. — Men janubda uy sotib olganim, restoranlar tarmog‘ini ochganim va boshqa mish-mishlar prodyuserning ertaklaridan boshqa narsa emas”.

Foto: “Domashniy ochag”

1991-yilga kelib taronalar eskira boshladi, shuningdek, yangiliklar ham bo‘lmadi. Shatunovning o‘zi ham charchagandi. U 18 yoshidayoq mamlakatdagi eng mashhur qo‘shiqchi bo‘lishga ulgurgandi. Lekin “Laskovogo maya”da ishtirok etishni xohlamadi. U guruhdan ketayotganini e’lon qildi va hayotini Germaniyada qaytadan boshlashga harakat qildi. Shatunovdan keyin guruh ham bo‘linib ketdi.

Foto: Pinterest

U 1991-yil ovoz muhandisi sifatida tahsil olgandan so‘ng, yangi qo‘shiqlar yozdi. Lekin sahnaga qaytishdan bosh tortdi. Bu 2000-yillarning boshlariga qadar davom etdi. 2001-yilda Yura Shatunov kutilmaganda ilhom parisini topdi.

Qizning ismi Svetlana edi. U Germaniyada yashagan va yigitning qo‘shiqlarini hech qachon eshitmagan edi. Bu Yurani juda ham xursand qilgan. “Odamlar tez-tez bir qarashda sevgiga ishonasizmi va bu mumkinmi, deb so‘raydi. Menda aynan shunday bo‘ldi. Faqat bir-birimizga qarash kifoya qildi”, — deydi u.

Foto: “Domashniy ochag”

Ular tanishgan paytda Sveta 14, u 27 yoshda edi. Bu uchrashuvdan so‘ng Shatunov ikkinchi ijodiy nafasi ochilganday tuyuldi: u birin-ketin ikkita muvaffaqiyatli albom chiqardi va yana konsert zallarini sog‘ingan muxlislari bilan to‘ldirishni boshladi.

Foto: Pinterest

Ammo xonandaning yuragi uni kutayotgan Germaniyada qoldi. 2006-yilda juftlikning Dennis ismli o‘g‘li dunyoga keldi va bir yildan so‘ng ular turmush qurdi. 2013-yilda ularning qizi Estella dunyoga keldi. Yulduzning oilasi haqida shulargina ma’lum, u shaxsiy hayoti omma uchun sir bo‘lib qolishini xohlaydi. Garchi qo‘shiqchining hozirgi mashhurligi o‘ttiz yil oldingi voqealarga qaraganda kamtarin ko‘rinsa-da, u baxtning oilada ekanligini juda yaxshi biladi.

Foto: “Domashniy ochag”