Yiliga 1,8 milliard odam poyezddan foydalanadi. Kechasi yo‘lga chiqqan aksari yo‘lovchilar g‘ildiraklarning shovqini, uxlash bilan bog‘liq noqulayliklardan shikoyat qiladi. Ammo texnologiyalar rivojlangani sayin ishlab chiqaruvchilar imkoniyati keng va mijozlarga maksimal darajada qulay variantlarni taqdim qilmoqda.

Shvetsiyaning tunda harakatlanadigan poyezdi

Foto

Foto: AdMe

Lokomotiv poyezdlar mamlakatning shimoliy va janubiy qismlari o‘rtasida qatnaydi. Quyidagi suratda esa yo‘lovchilarni joylashtirishning to‘rtdan bir varianti keltirilgan. Unda bir kupeda 6 ta yotoq borligini ko‘rish mumkin. Xavfsizlik maqsadida tunda kamar va setka maxsus mahkamlanadi.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Poyezdning harakatlanish jadvali manzilga nonushta vaqtigacha yetib borishga mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar o‘tirishiga qulay bo‘lishi uchun yotoq o‘rinlari kunning yorug‘ qismida yig‘iladi. Ayollar, erkaklar yoki aralash bo‘limlarni tanlash imkoniyati ham mavjud. Joyni oldindan band qilish kishi boshiga 20 dollar turadigan poyezdda uncha katta bo‘lmagan restoran borligiga ham guvoh bo‘lish mumkin: ish vaqti soat tonggi 05:00 dan kechki 23:00 gacha. Shvetsiya bo‘ylab poyezdda sayohat qilib, oyna ortidagi betakror manzarani tomosha qilish, masalan, Xelsingborggacha bo‘lgan manzilda shunday ajoyib go‘zallikka guvoh bo‘lish mumkin. Yo‘l davomida kutilmagan holatlar ham yuz berishi ehtimoldan xoli emas.

Yaponiyaning Sunrise Izumo va Sunrise Seto poyezdlarining Nobinobi kechki vagonlari

Foto: AdMe

Taxminan, 12 soat ichida 950 km masofani bosib o‘tadigan poyezd bir necha turdagi, yotog‘i bor vagonlar ham mavjud. Sayohat qayerdan boshlab qayerda tugashidan qat’i nazar, yotoq joyini band qilish narxi o‘zgarmaydi.

Foto: AdMe

Ammo shunga qaramay, bosib o‘tilgan yo‘l masofasiga bog‘liq bo‘lgan asosiy va ekspress-chipta bo‘lishi kerak. Vagonda siz-u bizga uchun odatiy bo‘linish yo‘q, o‘tish joyidan ikkita yotoqxonaga kirish imkoni mavjud.

Xitoyning vagon-kupesi

Foto: AdMe

Xitoy hududida turli kompaniyalarga qarashli ko‘plab poyezdlar harakatlanadi. So‘nggi vaqtlarda yotoqlari o‘tish yo‘llari bo‘ylab ikki tarafda joylashgan vagonli poyezdlar mashhurlikka erishgan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Bu yo‘lovchilarning har biriga maksimal darajada qulay joy tashkil qilish imkonini beradi. Qolaversa, yo‘laklarning kengligidan hatto katta chamadon bilan ham bemalol yurish mumkin. Ayrim sayohatchilar bunday poyezdlarda tambur yo‘qligini ta’kidlaydi. Shunga qaramay, CRH1E poyezdlarida odatiy 4 kishilik, qolaversa, televizori bor kupelarni uchratish mumkin. Vagon oynasidan guruch yetishtiriladigan keng maydonlarni tomosha qilib ketsa bo‘ladi.

Avstriyaning kechki Nightjet poyezdi

Foto: AdMe

Avstriyadan boshqa mamlakatlarga sayohat qilish uchun 4 kishi uchun mo‘ljallangan yotog‘i bor vagon ayni muddao hisoblanadi. Yo‘lovchilar shiftiga qorli purviqor tog‘lar surati tushirilgan, rang-barang kupelardan tashqari, dekoratsiyasiz oddiy variantlarni ham tanlashi mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Har bir kupesida vanna va hojatxonani o‘z ichiga oladigan poyezdda nonushta — qahva yoki choy, sariyog‘ yoki murabboli bir dona bulochka, shuningdek, mineral suv ham chipta to‘lovining ichiga kirib ketadi. Ta’bga qarab taomnomadan boshqa taom yoki yegulikni buyurtma qilsa bo‘ladi, faqat buning uchun qo‘shimcha mablag‘ to‘lanadi

Ispaniyaning Trenhotel kechki poyezdi

Foto: AdMe

Yuqori sifatli mazkur kechki poyezd uzoq safarlar uchun mo‘ljallangan.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

G‘ildiraklarning bir maromda harakatlanishi vaqtida uyg‘onish va vagondagi restoranda nonushta qilish kishiga o‘ziga xos zavq beradi.

Italiya va Fransiya o‘rtasida qatnovchi Thello kompaniyasi tomonidan taqdim qilingan poyezdlar

Foto: AdMe

Parij, Dijon, Milan va Venetsiya singari shaharlarni o‘z ichiga olgan Fransiya hamda Italiya o‘rtasida qatnaydigan poyezdda 4 kishilik hamda 6 kishilik kupelar mavjud. Kunduz kuni yotoqlarni o‘rindiq holiga keltirish mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Thello kompaniyasi, shuningdek, qulaylikni afzal biladigan yo‘lovchilarga shaxsiy hojatxonasi bor premium klassdagi kupelardan foydalanishni ham taklif qiladi. Parij — Venetsiya yo‘nalishi bo‘ylab to‘liq restoranni o‘z ichiga oladigan eng qulay kechki poyezdlar harakatlanadi.

Angliyadan Shotlandiyaga qatnaydigan poyezd

Foto: AdMe

Mazkur poyezd haftada 6 kecha London va Shotlandiya va Shotlandiyadan London bo‘ylab harakatlanadi. Chipta qaysi klassga olinganiga qarab unga 1 yoki 2 kishi joylashishi mumkin.

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Foto: AdMe

Barcha xonalarda telefon quvvatlagich, uxlash uchun kerakli jihozlar hamda rakovina mavjud. Birinchi klass yo‘lovchilarining nonushtasi chipta narxining ichiga kirib ketadi.

Rossiyaning yangilangan platskartali vagonlari

Foto: AdMe

54 kishiga mo‘ljallangan poyezdning har bir kupesida to‘rtta yo‘lovchi uchun joy mavjud. Unda yog‘ochdan ishlangan va teshiklari mavjud paneldan tepa qavatga zinapoya sifatida foydalanish mumkin. Har biri kishi uchun alohida rozetka, USB-porti borligi yanada qulaylik keltirib chiqaradi. Poyezd harakatlanganda va to‘xtaganda to‘kilib kelmasligi uchun stolga ichimlik qo‘yish uchun maxsus chuqurchalar mavjud.

Foto: AdMe

Foto: AdMe