Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 14-sentabr, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

“Barselona” o‘z uyida “Bavariya”ni qabul qildi. 34-daqiqada Tomas Myuller myunxenliklarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda Robert Levandovski dubl qayd etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Musobaqaning amaldagi chempioni “Chelsi” “Zenit” bilan o‘ynadi. 69-daqiqada Romelu Lukaku tomonidan kiritilgan to‘p London klubiga g‘alaba olib keldi.

“Yuventus” esa “Malmyo” maydonida mehmon bo‘ldi. 23-daqiqada Aleks Sandro hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Alvaro Morata ketma-ket ikkita gol urgan holda hisobni 0:3 ko‘rinishiga keltirdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

YChL

1-tur bahslari

14-sentabr, seshanba

“Barselona” — “Bavariya” 0:3

Gollar: 0:1 – 34 Myuller, 0:2 – 56 Levandovski, 0:3 – 85 Levandovski.

“Barselona”: ter Shtegen, Arauxo, Pike, Erik Garsiya (Mingesa, 66), Serxi Roberto (Demir, 59), de Yong, Pedri, Buskets (Gavi, 59), Alba (Balde, 74), de Yong (Koutinyo, 67), Depay.

“Bavariya”: Noyer, Pavar (Ernandes, 66), Upamekano, Zyule (Stanishich, 82), Devis, Sane (Koman, 82), Myuller (Zabitser, 82), Musiala (Gnabri, 70), Goretska, Kimmix, Levandovski.

Ogohlantirishlar: Kimmix (5), Upamekano (78), Gavi (82).

“Chelsi” — “Zenit” 1:0

Gol: 1:0 – 69 Lukaku.

“Chelsi”: Mendi, Aspilikueta (Tiago Silva, 83), Kristensen, Ryudiger, Kovachich, Jeyms, Jorjinyo, Maunt (Loftus-Chik, 90), Ziyosh (Haverts, 63), Alonso (Chiluell, 83), Lukaku.

“Zenit”: Kritsyuk, Sutormin, Chistyakov, Rakitskiy (Krugovoy, 88), Duglas Santos, Malkom (Dzyuba, 75), Vendel (Yeroxin, 76), Kuzyayev (Kravsov, 82), Barrios, Klaudinyo (Mostovoy, 88), Azmun.

Ogohlantirishlar: Aspilikueta (45), Rakitskiy (62).

“Malmyo” — “Yuventus” 0:3

Gollar: 0:1 – 23 Aleks Sandro, 0:2 – 45, penalti Dibala, 0:3 – 45 Morata.

“Malmyo”: Diavara, Berget, Ahmedxojich, Nilsen, Brursson, Riks (Olsson, 76), Innosent (Nanasi, 75), Kristiansen, Rakip (Nalich, 59), Cholak, Birmanchevich (Abubakari, 59).

“Yuventus”: Shchensni, Danilo, de Ligt (Rugani, 86), Bonuchchi, Aleks Sandro, Kuadrado (Kulusevski, 83), Lokatelli, Bentankur (Makkenni, 68), Rabyo, Dibala (Remzi, 82), Morata (Kin, 68).

Ogohlantirishlar: Brursson (39), Nilsen (43), de Ligt (59).

“Dinamo Kiyev” — “Benfika” 0:0

“Vilyarreal” — “Atalanta” 2:2

Gollar: 0:1 – 6 Froyler, 1:1 – 39 Trigeros, 2:1 – 74 Danjuma, 2:2 – 83 Gozens.

“Lill” — “Volfsburg” 0:0