Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 1-tur bahslari 14-sentabr, seshanba kuni start oldi.

Foto: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Yang Boyz” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 13-daqiqasida mankunianlar hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi. 35-daqiqada mehmonlar himoyachisi Aaron Uan-Bissaka raqibga nisbatan qo‘pol harakat qilgani uchun qizil kartochka olib maydonni tark etdi. 66-daqiqada Ngamalyo hisobni tenglashtirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan vaqtning 5-daqiqasida Teozon Sebatsho Jessi Lingardning qo‘pol xatosidan foydalanib, g‘alaba golini urdi.

G guruhida “Sevilya” o‘z uyida “Zalsburg”ni qabul qildi. 21-daqiqada Luka Suchich penaltidan unumli foydalanib, mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 42-daqiqada Ivan Rakitich ham penaltidan gol urib, hisobni tenglashtirdi. 50-daqiqada Yussuf an-Neseri ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. 1:1 hisobi uchrashuv yakuniga qadar saqlanib qoldi.

Chempionlar Ligasi

1-tur bahslari

14-sentabr, seshanba

“Yang Boyz” — “Manchester Yunayted” 2:1

Gollar: 0:1 – 13 Ronaldu, 1:1 – 66 Ngamalyo, 2:1 – 90+5 Sebatsho

“Yang Boyz”: fon Ballmos, Hefti, Lauper, Kamara, Garsiya, Martins Pereyra, Fassnaxt, Syerro (Sebatsho, 46), Ngamale, Ebisher, Elia.

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Maguayr, Lindelyof, Shou, Pogba, Fred, Brunu Fernandesh (Matich, 72), van de Bek (Varan, 46), Sancho (Diogu Dalot, 37), Ronaldu (Lingard, 72).

Ogohlantirishlar: Fassnaxt (45), Martins Pereyra (50), Varan (64).

Chetlatish: Uan-Bissaka (35).

“Sevilya” — “Zalsburg” 1:1

Gollar: 0:1 – 21 Suchich (pen), 1:1 – 42 Rakitich (pen).

“Sevilya”: Bunu, Navas, Diego Karlos, Kunde, Akunya, Rakitich (Rafa Mir, 65), Fernando, Jordan (Dileyni, 46), Gomes (Lamela, 58), Suso (Okampos, 46), an-Nesiri.

“Zalsburg”: Ken, Kristensen, Veber (Piontkovski, 51), Sole, Ulmer, Suchich, Zayvald, Kamara, Aaronson, Adeyemi, Sheshko.

Ogohlantirishlar: Diego Karlos (12), Zayvald (15), En-Nesiri (26), Rakitich (66).

Chetlatish: An-Nesiri (50).